Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Musofirlikda namozlarni o’qish tartibi

Musofirlikda namozlarni o’qish tartibi

Nashr sanasi: August 25, 2025

Savol :

Farzandsizlik tufayli eko qildirish uchun Turkiyaga kelgan edik.

Kelganimizga endi bir oy bo‘ldi. Musofir namozi haqida so‘ramoqchi edim. Bir ustozdan so‘rasam, “Qasr qilib o‘qiysizlar”, dedi. Bir darsingizda, agar inson bir yurtga “Ishim bitsa qaytib ketaman” degan niyatda kelgan bo‘lsa, qancha muddat yursa ham namozlarni qasr qilib o‘qiydi, deganingizni eshitib, xo‘jayinim ikkimiz qasr qilib o‘qib kelyapmiz.

Bu yerda yashaydigan qarindoshlarimiz esa: “Sizlar to‘liq o‘qiysizlar, chunki qachon ketishingizni bilmaysizlarku”, deyishganidan keyin qaynonam namozlarini to‘liq o‘qib kelyapti.

Aslida biz eko qildirib, muolajalardan so‘ng qaytib ketamiz degan niyat bilan yuribmiz. Xo‘jayinim vaqtincha bir joyda ishlab turibdi. Alloh nasib qilib, homilador bo‘lib qolsam, doktor: “Mabodo bir-ikki oy shu yerda bo‘lib turinglar”, desa, yana qolishimiz mumkin.

Shunda biz bu yerda qancha qolsak ham qaytib ketish niyatida yurganimiz uchun namozlarni qasr o‘qiymizmi yoki qachon ketishimiz noaniq bo‘lgani uchun namozlarimizni to‘liq o‘qiymizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Hanafiy mazhabida, “15 kundan ortiq turish niyat qilinsa, namoz to‘liq o‘qilishi kerak”, Hambaliy mazhabida 4 kun, ba’zi ulamolar 17 kun, ba’zilar 19 kun deb belgilashgan. Sizlar hozirda bir oydan beri turibsizlar, yana bir-ikki oy qolishinglar ham ehtimol. Bu esa ko‘p muddat hisoblanadi. Bunday bo‘lganda namozlarni to‘liq o‘qish kerak bo‘ladi.

Namozni qasr yoki to‘liq o‘qish masalasida ulamolarda sakkiz xil qavl bor. Ya’ni bu masalada sakkizta turli qarash mavjud.

Hanafiy mazhab ulamolari: “Agar 15 kundan ortiq turishni niyat qilsa, bu odam muqim bo‘ladi va namozni to‘liq o‘qishi kerak”, degan. Hambaliy ulamolari esa: “To‘rt kundan oshsa, muqim bo‘ladi”, deyishgan. Ba’zi ulamolar 17 kun, ba’zilar 19 kun deb belgilashgan.

Shuningdek, ayrim ulamolar: “Kun belgilanmagan bo‘lsa ham, musofir qasr o‘qiydi”, degan. Ya’ni musofir bir joyga keladi, ozroq ish qiladi va qaytib ketadi.

Ammo hozirgi holatingizda siz ikki oy turishingiz mumkin, hozirda bir oydan beri turibsiz, yana bir-ikki oy qolishingiz ham ehtimol. Bu esa ko‘p muddat hisoblanadi. Bunday bo‘lganda namozlarni to‘liq o‘qish kerak bo‘ladi.

Ya’ni tafsilotlari o‘z o‘rnida, mazhablar dalillari bilan keladi. Lekin hozir sizning savolingizga tegishli jihat shuki: agar holatingiz shu darajada bo‘layotgan bo‘lsa, sizlar namozlarni to‘liq o‘qishingiz kerak bo‘ladi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Imomdan avval takbir aytib boshlangan namoz durustmi?

    September 2, 2025
  • Masjidning ichida joy bo‘la turib, tashqarida namoz o‘qish joizmi?

    August 30, 2025
  • Farz namozni buzib, jamoatga qo‘shilish haqida.

    August 27, 2025
  • Namozda yig‘i kelsa, namoz buziladimi?

    August 27, 2025
  • Rossiyaga borib namozni tashlab qo‘yadiganlar haqida.

    August 18, 2025
  • Oilam bilan namoz o‘qishni xohlayman, lekin tajvidim yaxshi emas…

    August 12, 2025