Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Ismlar >Muhammadrasul deb ism qo‘yish hukmi.

Muhammadrasul deb ism qo‘yish hukmi.

Nashr sanasi: January 24, 2026

Savol :

“Muhammad Rasul” deb ism qo‘yish joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

“Muhammad Rasul” yoki “Muhammad Nabiy” kabi ismlar makruh ismlar hisoblanadi va bunday ism qo‘yishdan saqlangan ma’qul.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu ismni qo‘yish yaxshi ko‘rilmaydi. “Muhammad Rasul” deb ism qo‘yish makruh hisoblanadi.

Ba’zi odamlar: “Rasulullohdan keyin boshqa rasul yo‘qligini hamma biladi”, deyishadi. Lekin baribir “Rasul” so‘zi eshitilganda odamning xayoliga birinchi bo‘lib “Muhammadun Rasululloh”, ya’ni Muhammad ﷺ — Allohning rasuli degan aqida keladi.

“Rasul” so‘zi lug‘aviy jihatdan “elchi” degan ma’noni bersa ham, islomiy istilohda u Alloh tomonidan vahiy bilan yuborilgan payg‘ambarni anglatadi. Shu sababli oddiy insonga “Rasul” yoki “Nabiy” ma’nosini bildiradigan ism qo‘yish to‘g‘ri emas, chunki u kishiga tegishli bo‘lmagan martabani bildiradi.

Shuning uchun “Muhammad Rasul” yoki “Muhammad Nabiy” kabi ismlar makruh ismlar hisoblanadi va bunday ism qo‘yishdan saqlangan ma’qul.

Allohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Umar raziyallohu anhu nega “Abu Hafs” deyilgan?

    January 28, 2026
  • Shunda 3 taloq tushgan bo’ladimi?

    May 26, 2025
  • Siddiqa deb ism qo’yish.

    May 24, 2025
  • “Musabbiha” deb ism qo‘yish.

    May 13, 2025
  • «Shahriyor» degan ismni o‘zgartirish kerakmi?

    May 9, 2025
  • Bolaga “Safiy” deb ism qo‘ysa bo‘ladimi?

    May 7, 2025