Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Molga davo uchun aroq ichirish va go‘shtini yeyish mumkinmi?

Molga davo uchun aroq ichirish va go‘shtini yeyish mumkinmi?

Nashr sanasi: May 3, 2025

Savol :

Mol boqadigan kishilar mollari kasal bo‘lsa, davo bo‘ladi deb ularga aroq ichirishar ekan. Shunday qilish mumkinmi? Shuningdek, uning go‘shtini iste’mol qilish-chi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qisqacha javob: Davolash uchun berish mumkin. Aroq mol qornida o‘zgarib, asari qolmasa, go‘shti yeyish mumkin.

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Molga davolash maqsadida aroq berish mumkin. Chunki aroqning haromligi odamlar uchun, hayvonlarga bu hukm tatbiq qilinmaydi.

Mol aroqni ichganidan keyin uning ichida istihola bo‘ladi, ya’ni bir holatdan boshqa holatga o‘zgaradi va aroqning asari qolmaydi.

Ulamolar bu borada ixtilof qilishgan:
— Ba’zi ulamolar: aroq najosat emas, ichish harom, deyishgan.
— Jumhur ulamolar: aroqning o‘zi ham najosat, deganlar.

Agar mol aroq ichgach, shu zahoti so‘yilsa, uni iste’mol qilish masalasida ehtiyot bo‘lish kerak. Chunki o‘sha paytda aroq hazm bo‘lmagan bo‘lishi mumkin. Ammo vaqt o‘tib, aroq molning ichida o‘zgarib, boshqa moddalarga aylanib ketsa va aroqning asari qolmasa, uning go‘shti yeyish mumkin.

Vallohu a’lam.



Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Zohiriy mazhabi haqida.

    July 31, 2025
  • Uyni bitishidan avval sotib olish hukmi.

    July 16, 2025
  • Erim bilan chiqisha olmayapman, oylab gaplashmaydi, uch farzandimiz bor. Yashashni ham, ajrashishni ham bilmayapman. Nima qilay?

    July 12, 2025
  • Peshin namozining avvalidagi to‘rt rakat sunnatini ikki rakat qilib o‘qisam bo‘ladimi?

    July 9, 2025
  • Qayta nikohda vakolat yangilanmasa, nikoh botil bo‘ladimi?

    July 8, 2025
  • Asrab olingan bola balog‘atga yetgan bo‘lsa, uni qanday mahram qilish mumkin?

    July 8, 2025