Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Masjidning ichida joy bo‘la turib, tashqarida namoz o‘qish joizmi?

Masjidning ichida joy bo‘la turib, tashqarida namoz o‘qish joizmi?

Nashr sanasi: August 30, 2025

Savol :

Ustoz, masjid ichida bo‘sh joy ko‘p bo‘la turib, 10–15 ta odamning tashqarida, masjid hovlisida imomga iqtido qilib namoz o‘qishi joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu ixtilofli masala. Ko’p ulamolar, “Agar ehtiyoj bo‘lsa, tashqarida iqtido qilib namoz o‘qish joiz. Ehtiyoj bo‘lmasa, masjid hududida bo‘lsa ham namoz sahih bo‘ladi, ammo saf uzilib qolganligi uchun makruh hisoblanadi” deyishgan.

Bismillah, alhamdulillah, vassalatu vassalam ‘ala rasulillahi va ba’d.

Bu masalada ulamolarning ixtilofi bor. Ya’ni, aksar ulamolar bunday namoz sahih, lekin makruh bo‘ladi, deganlar — agar o‘sha joy masjidga tegishli bo‘lsa. Ammo masjidga tegishli bo‘lmagan joyda, masalan, orada yo‘l bo‘lsa yoki butkul boshqa joyda o‘qilsa, namoz sahih bo‘lmaydi.

Masjidning o‘zida, ya’ni masjidga tegishli hovli yoki bino ichida o‘qilsa, namoz sahih bo‘ladi. Lekin saf uzilib qolganligi uchun makruh hisoblanadi. Ba’zi ulamolar esa: “Agar saf uzilsa, namoz bo‘lmaydi”, degan. Imom Ahmad rahimahullohning bir rivoyatida “sahih emas”, boshqa bir rivoyatida “sahih bo‘laveradi”, yana boshqa rivoyatida “ehtiyoj bo‘lsa joiz”, degan gaplari keltiriladi.

Ibn Taymiyya rahimahulloh ham shuni ta’kidlab: “Agar ehtiyoj bo‘lsa, bo‘ladi”, deganlar. Masalan, masjidga kirish uchun devor yoki to‘siq bo‘lsa, imom ko‘rinib tursa, ovozi eshitilib tursa, lekin boshqa tomondan kirishga eshik yopiq bo‘lsa yoki aylanish katta qiyinchilik tug‘dirsa — shunday hollarda tashqaridan iqtido qilish joiz bo‘ladi. Shuningdek, imom birinchi qavatda, siz ikkinchi qavatda bo‘lsangiz ham, ehtiyoj sababli iqtido qilish joiz.

Shart shuki, imomning ovozini eshitib turish va uning harakatlarini bilish kerak.

Xullas, bu ixtilofli masala. Eng to‘g‘ri xulosa — agar ehtiyoj bo‘lsa, tashqarida iqtido qilib namoz o‘qish joiz. Ehtiyoj bo‘lmasa, masjid hududida bo‘lsa ham namoz sahih bo‘ladi, ammo makruh hisoblanadi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Namozda Fotiha surasini imomdan avval tugatish hukmi.

    October 4, 2025
  • Sajdada oyoq barmoqlari yerdan uzilsa namoz buziladimi?

    October 1, 2025
  • Imom namoz yarmida tahorati yo‘qligini eslasa, nima qiladi?

    September 14, 2025
  • Bir kishi bir namozda ikki jamoatga imom bo‘lishi.

    September 13, 2025
  • Ayollar namozxonasi masjiddan ajralgan bo‘lsa, imomga iqtido qilsa bo‘ladimi?

    September 11, 2025
  • Imom bilan muqtadiylar orasida qancha masofa bo‘lishi kerak?

    September 7, 2025