Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Masjid 1,5 km uzoqlikda bo‘lsa, uyda o‘qilgan namoz qabul bo‘ladimi?

Masjid 1,5 km uzoqlikda bo‘lsa, uyda o‘qilgan namoz qabul bo‘ladimi?

Nashr sanasi: August 5, 2025

Savol :

Ustoz, masjid bizdan 1,5 km uzoqlikda. O‘zim o‘qituvchiman. Jamoat bilan bomdodga borsam, tushdan keyingi darslarda charchab qolaman. Shu sababli ko‘proq uyda o‘qiyapman. Shu holatda o‘qigan namozlarim qabul bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Albatta, uyda o‘qigan namozingiz qabul bo‘ladi, in shaa Alloh. Masjidga borish — katta savob, ammo agar borish siz uchun charchoq yoki qiyinchilik tug‘dirayotgan bo‘lsa, bu shar’iy uzr hisoblanadi. Ayniqsa, siz aytgan masofa (1.5 km) va ish sharoiti e’tiborga olinadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Albatta, qabul bo‘ladi, in shaa Alloh. Masjidga chiqmay, uyda o‘qilgan namoz qabul bo‘lmaydi degan gap noto‘g‘ri.

Zohiriy mazhabda “لَا صَلَاةَ لِجَارِ الْمَسْجِدِ إِلَّا فِي الْمَسْجِدِ”(“Masjid qo‘shnisining namozi faqat masjidda bo‘lishi kerak”) degan hadisi sharifning zohirini olib, masjid yaqinida turadigan kishining uyda o‘qigan namozi qabul bo‘lmaydi deganlar. Ular “masjid qo‘shnisi” deganda azon eshitiladigan masofada bo‘lgan kishini nazarda tutishgan.

Agar azon eshitiladigan masofada bo‘lsangiz, masjidga borish kuchli sunnatdir, tark qilinsa gunohga yaqin bo‘ladi. Ammo jumhur ulamolar bu hadisni boshqa ma’noda tushuntirganlar: masjidga bormaslik ajrning kamayishiga sabab bo‘ladi, lekin namozning o‘zi baribir namoz bo‘lib, qabul qilinadi, deganlar.

Endi siz aytgan masofa — bir yarim kilometr — aslida yaqin hisoblanmaydi. Agar ulov bo‘lmasa, bu masofani bosib o‘tish charchatadi. Dinimizda esa “haraj” – ya’ni haddan tashqari qiyinchilik – yo‘q. Agar o‘z mashinangiz bo‘lsa, bu masofa uch-to‘rt daqiqada bosib o‘tiladi. U holda bemalol masjidga borib kelish mumkin va bunday holatda borish afzal, savobi ko‘p bo‘ladi.

Agar mashina bo‘lmasa, piyoda borib kelish har kuni charchatadi, ayniqsa ishlayotgan o‘qituvchi bo‘lsangiz. Chunki piyoda borish va kelish 15–20 daqiqa vaqt oladi, bu esa haqiqiy charchoqqa olib keladi. Bunday holatlarda dinimiz uzrni tan oladi, Alloh uzrlarni qabul qiluvchi zotdir.

Agar ulovingiz bo‘lsa, masjidga borib kelish savobli va tavsiya etiladi. Ammo borish siz uchun jiddiy qiyinchilik tug‘dirsa, Alloh bunday holatda uzrni qabul qiladi.

Imom Buxoriy rahimahulloh “Jamoatga chiqmaslik qachon uzr bo‘ladi?” degan bob ochganlar. Rasulluloh ﷺ umrlarining oxirida jamoatga chiqa olmasliklari holatini Aisha onamiz bayon qilganlar. U zot boshlariga og‘ir bog‘langan holatda, ikki sahobiy yordamida oyoqlari yerga sudralgan holda masjidga chiqqanlar. Bu holatda ham jamoatni tark etmaganlar. Lekin bu darajadagi harakat Rasululloh ﷺning jamoatga qanchalik e’tibor berganlarini bildiradi.

Ammo jiddiy uzr bo‘lsa – masalan, yomg‘ir, qor, hayvonlar xavfi, zolimlar xavfi, yo ovqat pishirib qo‘yilgan vaqti bo‘lsa, yoki mehmon kutayotgan bo‘lsa – bu holatlarning barchasi shar’iy uzr hisoblanadi.

Shunday ekan, agar siz chindan ham charchab qolayotgan bo‘lsangiz, har kuni masjidga borish siz uchun qiyinchilik tug‘dirayotgan bo‘lsa, uyda o‘qigan namozlaringiz in shaa Alloh qabul bo‘ladi. Ammo imkon bo‘lsa, ulov bor bo‘lsa, vaqti yetgan va holati to‘g‘ri bo‘lsa, jamoatga borish – afzal.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Imomdan avval takbir aytib boshlangan namoz durustmi?

    September 2, 2025
  • Masjidning ichida joy bo‘la turib, tashqarida namoz o‘qish joizmi?

    August 30, 2025
  • Farz namozni buzib, jamoatga qo‘shilish haqida.

    August 27, 2025
  • Namozda yig‘i kelsa, namoz buziladimi?

    August 27, 2025
  • Musofirlikda namozlarni o’qish tartibi

    August 25, 2025
  • Rossiyaga borib namozni tashlab qo‘yadiganlar haqida.

    August 18, 2025