Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Makka va Madinadan zamzamni uyga olib ketish mumkinmi?

Makka va Madinadan zamzamni uyga olib ketish mumkinmi?

Nashr sanasi: February 1, 2025

Savol :

Ustoz, Madina va Makkaga borganda hojilar Haromda va Madinada zamzam suvini idishlarga to‘ldirib uyga olib ketishlari to‘g‘rimi?



Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Zamzamdan bemalol foydalanish mumkin, lekin uni tashqariga olib chiqish, ayniqsa, katta miqdorda, joiz emas.

Bismillah,
Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Makka va Madinadan zamzamni uyga olib ketish mumkinmi?

Makka va Madinadan zamzam suvini uyga olib ketish joiz emas, ayniqsa, katta miqdorda bo‘lsa. Agar, ikki litrlik idishda olib kirmoqchi bo‘lsangiz ham, eshik oldidagi xodimlar bunga ruxsat bermaydilar. Bu shuni anglatadiki, ular bunday harakatga rozi emaslar. Biroq, oddiy kichik idishlarda oz miqdorda olib kirsangiz yoki olib chiqsangiz, bunga ko‘z yumadilar. Chunki bu Alloh yo‘lida hojilar va umraga keluvchilar uchun vaqf qilingan bo‘lib, shunday foydalanishga ruxsat berilgan deb tushuniladi.

Ammo katta hajmdagi idishlarda, hatto ikki litrlik idishda ham olib ketishga harakat qilinsa, xodimlar bunga yo‘l qo‘ymaydi. Ko‘plab odamlar bu holatga guvoh bo‘lgan. Agar ruxsat berilmagan bo‘lsa, demak, bunga rozilik yo‘q. Kechasi, masjidning ichki hovlisida zamzam idishlarini yangilashadi va ba’zi odamlar shu paytda idishlarini to‘ldirib olishadi. Bunday vaqtlarda olish mumkin bo‘lsa-da, umumiy qoida shuki, masjid ichida zamzamni xohlaganingizcha ichishingiz mumkin, lekin uni tashqariga olib chiqish joiz emas.

Bu holatni ulamolar mehmonning mezbon uyidagi taomni yeyishi bilan qiyoslashadi. Mehmon oldiga qo‘yilgan taomni xohlaganicha iste’mol qilishi mumkin, lekin uni yashirincha olib ketishi to‘g‘ri emas. Xuddi shunday, masjid ichida zamzam ichish muboh, lekin uni ko‘p miqdorda tashqariga olib chiqish mumkin emas.

Agar ozgina miqdorda bo‘lsa, masalan, yo‘lda chanqaganda ichish uchun olib chiqishsa, bunga yengilroq qarash mumkin. Ammo ataylab har kuni oz-ozdan olib chiqib, oxir-oqibat yigirma litr yoki undan ko‘p miqdorda yig‘ish noto‘g‘ri hisoblanadi. Ba’zi odamlar besh litrlik plastik idishlarni buklab, kiyimlari yoki sumkalari ichida yashirib olib kirib, keyin to‘ldirib chiqib ketishadi. Bunday yo‘l tutish, aslida, o‘g‘rilikka ham kirib qolishi mumkin. Zamzamni duolar bilan ichishadi, lekin agar uni noqonuniy yo‘l bilan olib chiqib ketishsa, bu harakat ularning ichgan suvining barakasiga putur yetkazishi mumkin.

Shuning uchun bu masalaga jiddiy e’tibor berish lozim. Zamzamdan bemalol foydalanish mumkin, lekin uni tashqariga olib chiqish, ayniqsa, katta miqdorda, joiz emas.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Hayvonlarni hayvonot bog‘ida saqlash ularga zulm emasmi? Bu gunoh emasmi?

    October 10, 2025
  • Hayz tugagan kunning ertasiga yana qizil aralash oqlik kelsa, namozlar nima bo‘ladi?

    October 4, 2025
  • Yubiley va tug‘ilgan kunlar o‘tkaziladigan oshxonada halol taom bo‘lsa, u yerda ovqatlanish yoki taom xarid qilish joizmi?

    October 4, 2025
  • Klinikada ishlayman. Ba’zan bemorga yordam bo‘lsin deb, ikkita tishni davolab, kassada bitta deb yozaman. Bu ishim joizmi?

    October 3, 2025
  • Bir odam vafot etib, mulklar qoldirdi. Katta o‘g‘il: “Otam bilan birga ishlaganim uchun bu uy va mashina meniki bo‘ladi, qolgan merosni taqsimlang”, deb turibdi. Shu holatda bu narsalar to‘g‘ridan meros bo‘lib hisoblanadimi yoki u da’vo qilayotgan mulklar haqiqatan unga tegishli bo‘lishi mumkinmi?

    October 2, 2025
  • Bir tanishim: “Yillar davomida Allohdan so‘rayman, lekin yomon odatlarimdan chiqa olmayapman. Demak, taqdirimda shunday yozilgan”, deydi. Bu to‘g‘rimi?

    October 2, 2025