Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Tahorat >Mahsiga mash tortishda har bir mahsi uchun alohida suv olish kerakmi?

Mahsiga mash tortishda har bir mahsi uchun alohida suv olish kerakmi?

Nashr sanasi: May 15, 2025

Savol :

Mahsiga mash tortishda har bir mahsi uchun alohida suv olish kerakmi yoki bir marta qo‘lga suv olib, ikki mahsiga mash tortsa bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bitta suv olish bilan ikkala mahsiga mash tortish joiz.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Mahsiga mash tortishda bir marta qo‘lga suv olib, har ikki oyog‘iga mash tortish joizdir. Ya’ni suvni qo‘lga bir marta olib, o‘ng qo‘l bilan o‘ng mahsiga, chap qo‘l bilan chap mahsiga bir vaqtning o‘zida mash tortsa, bu kifoya qiladi.

Agar bir qo‘l bilan birinchi oyog‘iga mash tortib, keyin ikkinchi oyog‘iga tortmoqchi bo‘lsa, yana suv olish shart emas— bir marta suv olish kifoya. Faqat mash oyoqlarning ustki qismiga, barmoqlardan yuqoriga qarab tortilishi sunnatga muvofiqdir.


Xulosa:

  • Bitta suv olish bilan ikkala mahsiga mash tortish joiz.

  • Albatta, mash oyog‘ning ustiga, to‘piqqa qarab yuqoriga tortilishi kerak.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Safarda mahsiga 3 kun mas’h tortish joizmi?

    July 8, 2025
  • Namozda peshob kelgandek tuyilaversa, nima qilish kerak?

    July 7, 2025
  • Suv bo‘lsa, uni ataylab to‘kib yuborib tayammum qilsa bo‘ladimi?

    July 1, 2025
  • Varikoz sababli bog‘langan oyoqqa mas’h tortish joizmi?

    June 25, 2025
  • Mahsiga mash tortish uchun tahorat bo‘lishi kerakmi? Va uning shartlari qanday?

    June 4, 2025
  • Yuvsa ham ketmagan qo’ldagi germetik tahoratning mukammalligiga to‘siq bo’ladimi?

    May 23, 2025