Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Ilm >Madrasada o‘qiganim yaxshi mi yoki uyda o‘qiganim?

Madrasada o‘qiganim yaxshi mi yoki uyda o‘qiganim?

Nashr sanasi: July 2, 2025

Savol :

Yoshim 16 da. 9-sinfni bitirganman va 2 yildan beri uyda telefon orqali ilm olayapman. Aslida madrasalarda o‘qishni juda xohlayman. Lekin dadam bunga ruxsat bermayapti. Sababi: “Uyda ilm olganing yaxshi. Ko‘chada har xil odamlar bor, ko‘chaga chiqmaganing yaxshi”, deydi. Lekin o‘qimoqchi bo‘lgan madrasam — mahkam tutadigan, yotib o‘qiladigan, ichida barcha sharoit bor, xavfsiz, yaxshi muhitga ega madrasa. Shunday joyda o‘qishim joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar uyda ilm olish imkoni yaxshi bo‘lmayotgan bo‘lsa, vaqtni zoye qilmasdan, shariat doirasida, xavfsiz va ishonchli madrasa bo‘lsa — o‘sha joyda o‘qish kerak. Bu katta imkon. Uni ğanimat bilish kerak.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu savolda avvalo e’tibor berilishi kerak bo‘lgan narsa — o‘sha madrasa qanday joy, u yerda qanday muallimalar bor, ta’lim tartibi qanday, axloqiy muhiti qanday — shularni aniqlashtirish zarur.

Shuni unutmaslik kerakki, faqat “yopiq madrasa” bo‘lgani uchun u faqat solihlar joyi degani emas. Ba’zan yopiq muhitda ham fasod — ya’ni buzilish, odobsizlik bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu narsalarni oldindan o‘rganish kerak: madrasa kimlarga tegishli, qanday ilm beriladi, qanday tartib bor?

Agar siz o‘qimoqchi bo‘lgan madrasa ishonchli, axloqiy tarbiyasi kuchli, solih muallimalar bo‘lgan joy bo‘lsa, islomiy muhit bo‘lsa, albatta, u yerda ilm olish joiz, balki afzal ham bo‘ladi.

Ota-onangiz ham sizga faqat yaxshilikni istaydi. Sizni yomon muhitdan asrashni xohlaydi. Agar ular o‘sha madrasa ishonchli ekanini bilib, xotirjam bo‘lishsa, ehtimol ular ham ruxsat berishga moyil bo‘ladilar. Axir madrasa ichkarisida sharoitda o‘qish — bu ko‘chaga chiqish degani emas.

Agar uyda ilm olish imkoni yaxshi bo‘lmayotgan bo‘lsa, vaqtni zoye qilmasdan, shariat doirasida, xavfsiz va ishonchli madrasa bo‘lsa — o‘sha joyda o‘qish kerak. Bu katta imkon. Uni ğanimat bilish kerak.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Tik turib dars qilish joizmi?

    July 13, 2025
  • Himmatni qanday oliy qilish mumkin?

    July 9, 2025
  • Boshqa joyda ilm olishiga ustozi norozi bo’lsa nima qilish kerak?

    July 8, 2025
  • Alloh nega farishtalarga emas, Odamga barcha narsalarning nomini o‘rgatdi?

    July 1, 2025
  • Diniy ma’ruzalarni eshitish jinoyat hisoblangan davrda mo‘min kishi qanday yo‘l tutishi kerak?

    July 1, 2025
  • Imtihon paytida kitobdan foydalanish gunohmi?

    June 21, 2025