Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Kufr diyorlarida kofirlarning molini olish joizmi?

Kufr diyorlarida kofirlarning molini olish joizmi?

Nashr sanasi: February 27, 2025

Savol :

Ustoz, kofirlarning molini yashirincha olish (o‘g‘irlash) yoki kufr diyoridagi metro va avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamay yurishning hukmi qanday?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: O‘g‘rilik qilish yoki birovning haqini nohaq yeyish joiz emas. Xoh musulmon bo‘lsin, xoh kofir bo‘lsin, ularning molini o‘g‘irlash yoki nohaq o‘zlashtirish harom hisoblanadi. Ulamolar buni joiz emas, deb hukm qilganlar.

Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

O‘g‘rilik qilish yoki birovning haqini nohaq yeyish joiz emas. Xoh musulmon bo‘lsin, xoh kofir bo‘lsin, ularning molini o‘g‘irlash yoki nohaq o‘zlashtirish harom hisoblanadi. Ulamolar buni joiz emas, deb hukm qilganlar.

Faqatgina jang paytida harbiy kofirlar bilan urushib, musulmonlar g‘olib kelgan taqdirda, ularning moli g‘animat sifatida taqsimlanadi. Faqat urush sharoitida harbiy kofirlarning moli va joni halol hisoblanadi.

Agar musulmonlar bilan kofirlar o‘rtasida sulh yoki kelishuv bo‘lsa, bunday holatda kofirlarning moli va joni harom bo‘ladi. Ulamolar kofirlarni turli toifalarga bo‘lishgan:

  1. Harbiy kofirlar – musulmonlarga qarshi urushayotganlar.
  2. Zimmiy kofirlar – musulmon yurti himoyasida yashayotganlar.
  3. Muohad kofirlar – musulmonlar bilan kelishuv yoki tinchlik shartnomasi tuzganlar.
  4. Musta’man kofirlar – musulmon yurtiga omonda kirib kelganlar.

Agar musulmonlar bilan kofirlar o‘rtasida sulh bo‘lsa yoki bir-biriga xotirjam yashash kafolatlangan bo‘lsa, unda ularning moli va joni harom hisoblanadi. Hatto Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam):

“Muohad (kelishilgan) kofirni o‘ldirgan kishi jannatning hidini ham hidlamaydi.” (Abu Dovud, 2760; Nasoiy, 4744)

Shuningdek, Ibn Qudoma (rahimahulloh) “Al-Mughniy” kitobida shunday deydi:

“Kim dushman yurtiga omonlik bilan kirgan bo‘lsa, ularning moliga hiyonat qilish joiz emas, va ular bilan ribo bilan muomala qilishi joiz emas” dedilar. 

Bu hukmga binoan, musulmonlar kofirlar yurtiga viza yoki boshqa ruxsatnomalar bilan kirgan bo‘lsalar, bu omonlik kafolati bo‘lib, ularga xiyonat qilish joiz emas.

Metrolarda yoki transportda pul to‘lamaslik mumkinmi?

Ko‘pchilik ulamolar fikriga ko‘ra, agar biror mamlakatga omonlik bilan kirilgan bo‘lsa, u yerda qonunlarni buzish yoki moliyaviy aldov qilish harom hisoblanadi. Chunki bu musulmonlarning sha’niga dog‘ tushirishi va kofirlarning islomdan nafratlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ayniqsa, agar musulmonlar bunday hatti-harakatlari bilan islomga zarar yetkazishsa yoki kofirlar orasida musulmonlarni obro‘sizlantirishsa, bu yanada katta gunoh bo‘ladi.

Bu borada Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Mug’iyra ibn Shu’ba (roziyallohu anhu) haqida shunday rivoyat qilingan:

“U Islomdan oldin bir qavm bilan safarga chiqib, ularni o‘ldirib, mollarini olib qochgan. Keyin musulmon bo‘lib Rasulullohning huzurlariga kelganida, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: ‘Islomni qabul qilganingni qabul qilamiz, lekin hiyonat bilan olingan molga kelsak, bizning unga ehtiyojimiz yo‘q.’” (Sahih Buxoriy) 

Bu hadisdan kelib chiqib, Ibn Hajar (rahimahulloh) shunday deydi:

“Tinchlik holatida kofirlarning molini o‘g‘irlash yoki hiyonat qilish harom hisoblanadi.” (Fathul Barii, 5/341)

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Makka mushriklari omonatlarini Ali (roziyallohu anhu) orqali egalariga topshirib ketganlari ham bu boradagi dalillardan biridir.

Ba’zi kishilar hujjatlarni soxtalashtirib davlatdan yordam olishadi, va “biz kufr diyoridamiz” deb bunga o‘zlarini oqlashadi. Lekin bu ish shariat bo‘yicha joiz emas, balki haromdir.

Xulosa:

  • Kofirlarning molini o‘g‘irlash yoki noqonuniy yo‘l bilan olish haromdir.
  • Musulmon kishi kelishuvga amal qilishi shart.
  • Kofir yurtiga omonlik bilan kirilgan bo‘lsa, ularning mollariga hiyonat qilish mumkin emas.
  • Transport yoki boshqa xizmatlardan noqonuniy foydalanish ham xiyonat hisoblanadi.
  • Musulmonlarning bunday ishlarni qilishi islomning obro‘siga zarar yetkazishi mumkin.

Vallohu A’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ehrom yangi, ya’ni ilgari kiyilmagan bo‘lishi kerakmi

    April 12, 2025
  • Shifokor adashib boshqa tishni olib tashlasa, bu holatda nima qilish kerak?

    April 11, 2025
  • Hijoma ro’zani buzadimi?

    March 6, 2025
  • Qarzga olingan puldan, foyda chiqarib berish hukmi.

    February 25, 2025
  • Ayolga qaynonasining otasi mahram bo‘ladimi?

    February 23, 2025
  • Jarimani muddatidan oldin chegirma bilan to‘lash joizmi?

    February 22, 2025