Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Klinikada ishlayman. Ba’zan bemorga yordam bo‘lsin deb, ikkita tishni davolab, kassada bitta deb yozaman. Bu ishim joizmi?

Klinikada ishlayman. Ba’zan bemorga yordam bo‘lsin deb, ikkita tishni davolab, kassada bitta deb yozaman. Bu ishim joizmi?

Nashr sanasi: October 3, 2025

Savol :

Men bir klinikada tish do‘xtiriman. Toshkentda tish davolash qimmat, bitta plomba 500 ming bo‘lib ketgan, oddiy halqqa qiyin. Ustoz, men 2 ta tishni davolab, bemorga og‘irlik qilmasin, deb kassaga «Bitta tish davolandi», deyman. Shu ishim joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qisqa javob; Bismillah, Yo‘q, bu joiz emas. Klinikada sizga ishonib ish, joy va oylik berilgan. Rahbariyat roziligisiz moliyaviy qoidani buzish — xiyonat sanaladi. Bemorga rahmingiz kelsa, rahbarga ruxsat asosida chegirma yoki bepul davolash yo‘lini izlang. Yaxshi niyat ham noto‘g‘ri yo‘l bilan qilinmasligi kerak. Vallohu a’lam.

Bismillah,
Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo‘lsin.

Sizning bu ishingiz xuddi o‘g‘irlik qilib sadaqa qilgan odamga o‘xshaydi. O‘sha klinikaning haqqiga xiyonat qilyapsiz-da, kambalga yaxshilik qilyapsiz. Bir o‘g‘ir bor ekan, pulni o‘g‘irlab turib sadaqa qilyapti. Nima qilyapsan desa, «Robbim bilan tijorat qilyapman».

O‘g‘irlaganimga bitta gunoh bo‘ladi, sadaqa qilganimga 10 ta savob bo‘ladi — to‘qqiztasi qolyapti, poydaga degan. Ya’ni bitta gunoh bilan bitta savob ketsa ham to‘qqiztasi qoladi, «tijorat bo‘lyapti», deganda. Faqih o’g’ri u deyishgan . Va sizning qilayotgan ishingiz ham hozir klinikaga nisbatan xiyonat: sizni yerga, stolga o‘tirg‘izib qo‘ygan, xona berib qo‘ygan muassasa sizga oylik beryapti va o‘sha joydan foydalanishga ruxsat bergan. Agar shunday qimmat bo’lsa odamlar kelmasin, uni joyga.

Qimmat bo‘lsa, yoki klinikaga ayting: «Odamlarni, xalqni cho‘ntagiga to‘g‘ri kelmayapti, odamlar qiynalyapti, men ko‘ryapman — shuni arzonlaylik.» Yoki qiynalgan odamlarga alohida chegirma qilib beraylik, degan taklifni xo‘jayingizga ayting.

Klient o‘lmasin: masalan, bitta tishiga to‘lasa ham, ikkita tishni qilib berib olaylik — hech narsa yo‘qotmaymiz. Baribir o‘sha ketgan vaqtim  baribir. O‘sha ukolni qilyapman, o‘sha vaqtim. Bitta ga ketdi, ikkitani qilib yuboraman — hech nima yo‘qotmaymiz bu yerda. Ham bitta musulmon ishi bitib qoladi.

Buni siz xo‘jayinlarga tushuntiring. Lekin ularni aytmasdan turib, kassaga bitta pulini to‘latib, ikkita tishni davolatib yuborsangiz — bu muassasaga nisbatan sizga xiyonat deyiladi. Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Hayvonlarni hayvonot bog‘ida saqlash ularga zulm emasmi? Bu gunoh emasmi?

    October 10, 2025
  • Hayz tugagan kunning ertasiga yana qizil aralash oqlik kelsa, namozlar nima bo‘ladi?

    October 4, 2025
  • Yubiley va tug‘ilgan kunlar o‘tkaziladigan oshxonada halol taom bo‘lsa, u yerda ovqatlanish yoki taom xarid qilish joizmi?

    October 4, 2025
  • Bir odam vafot etib, mulklar qoldirdi. Katta o‘g‘il: “Otam bilan birga ishlaganim uchun bu uy va mashina meniki bo‘ladi, qolgan merosni taqsimlang”, deb turibdi. Shu holatda bu narsalar to‘g‘ridan meros bo‘lib hisoblanadimi yoki u da’vo qilayotgan mulklar haqiqatan unga tegishli bo‘lishi mumkinmi?

    October 2, 2025
  • Bir tanishim: “Yillar davomida Allohdan so‘rayman, lekin yomon odatlarimdan chiqa olmayapman. Demak, taqdirimda shunday yozilgan”, deydi. Bu to‘g‘rimi?

    October 2, 2025
  • Ustoz, er-xotin ajrashgan. Bolalar otasi beradigan aliment pulini ona o’zi uchun ham ishlatishi joizmi?

    October 2, 2025