Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Tahorat >Juma kuni qilingan g’usl tahorat o’rniga o’tadimi?

Juma kuni qilingan g’usl tahorat o’rniga o’tadimi?

Nashr sanasi: April 25, 2025

Savol :

Ba’zi ulamolar juma kuni g‘usl qilish sunnat amal, bu sunnat g‘usl farz tahorat o‘rniga o‘tmaydi, juma namozini o‘qish uchun alohida tahorat olish kerak, degan ekanlar. Buning dalili bormi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu fikr chuqur ketilgan va g‘uluvga yaqin bo‘ladi. Aslida, inson biror sabablarga ko‘ra — masalan, Qur’on tilovat qilish uchun yoki g‘usl qilish maqsadida — tahorat olsa, bu tahoratni farz namoz uchun ham ishlataveradi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Juma uchun g‘usl qilgan odam baribir tahorat ham qiladi. Endi alohida, faqat farz uchun yana bir tahorat olish kerakmi? Bu fikr chuqur ketilgan va g‘uluvga yaqin bo‘ladi. Aslida, inson biror sabablarga ko‘ra — masalan, Qur’on tilovat qilish uchun yoki g‘usl qilish maqsadida — tahorat olsa, bu tahoratni farz namoz uchun ham ishlataveradi.

Chunki tahoratda asosiy maqsad Alloh buyurgan a’zolarni pok yuvishdir. Agar tahorat niyati bilan yuvilgan bo‘lsa, nima maqsadda olinganidan qat’i nazar, u tahorat hisoblanadi. Farz ham, nafl ham o‘qiyveradi.

Alohida “farz namoz uchun” deb yana bir tahorat olish shart emas. Modomiki odam tahorat holatida bo‘lsa, u holda juma namozini o‘qishi to‘g‘ri bo‘ladi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Tahorat buzilishidan avval mahsi kiyib olish haqida.

    August 18, 2025
  • Tahoratdan so‘ng siydik tomib qolganini bilmay o‘qilgan namozlar hukmi.

    July 29, 2025
  • Safarda mahsiga 3 kun mas’h tortish joizmi?

    July 8, 2025
  • Namozda peshob kelgandek tuyilaversa, nima qilish kerak?

    July 7, 2025
  • Suv bo‘lsa, uni ataylab to‘kib yuborib tayammum qilsa bo‘ladimi?

    July 1, 2025
  • Varikoz sababli bog‘langan oyoqqa mas’h tortish joizmi?

    June 25, 2025