Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Jarimani muddatidan oldin chegirma bilan to‘lash joizmi?

Jarimani muddatidan oldin chegirma bilan to‘lash joizmi?

Nashr sanasi: February 22, 2025

Savol :

Ustoz, yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima 1 oy ichida to‘lansa, 30% chegirma beriladi. Ammo bir oydan o‘tib ketsa, jarima to‘liq to‘lanadi. Chegirmaga erishish maqsadida jarimani tezroq to‘lasak, bu riboning “tushir va tezlat” turiga tushib qolmaydimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Vallohu a’lam, jarimani oldinroq to‘lab, chegirma olish ribo hisoblanmaydi, chunki bu qarz emas, balki jarima. Shu sababli bunday chegirma olishda hech qanday shubhali jihat yo‘q, deb hisoblash mumkin.

– Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Vallohu a’lam, bu masalada zarar yo‘q, ya’ni jarimani oldinroq to‘lab, chegirmadan foydalanish joiz. Bu tushir va tezlat masalasiga kirmaydi.

Agar jarimani ma’lum muddatda to‘lash shart bo‘lsa va kechiktirilsa, qo‘shimcha foiz qo‘shilsa, bu ribo bo‘ladi. Bunda ulamo orasida ixtilof yo‘q.

Ba’zi ulamolar jarima bilan qarzni farqli deb hisoblaydi.

  • Qarz muddati kechiktirilganda oshirilsa, bu ribo bo‘ladi.
  • Jarima esa qarzga o‘xshamaydi. Chunki agar jarimani to‘lamasdan vafot etsa, bu jarima merosxo‘rlariga o‘tmaydi. Bu uning shaxsiy mas’uliyati bo‘lib, dunyoviy jarima hisoblanadi.

Ba’zi ulamolar bu holatni riboga yo‘naltirib bo‘lmaydi, deb hisoblashadi. Chunki:

  • Jarima boshidan shunday belgilangan narx asosida kelishilgan.
  • Tezroq to‘lagan odamga chegirma berish — ribo emas, balki davlat tomonidan rag‘batlantirish hisoblanadi.
  • Ribo deganda odatda muddatni kechiktirib narxni oshirish yoki mablag‘ni oshirish tushuniladi. Bu yerda esa aksincha — muddatni oldinroqqa surib narx pasaytirilmoqda.

“Tushir va tezlat” masalasi haqida ulamolar fikri

Bu masala haqida ba’zi ulamolar ixtilof qilganlar. Masalan:
Ba’zi ulamolar buni ribo deb hisoblaydi. Chunki bunda asl qarz muddati belgilangan bo‘lib, agar qarz oldinroq to‘lansa, narx pasaytirilmoqda.

– Boshqa ulamolar esa buni riboning aksi deb hisoblashadi, ya’ni foydali kelishuv. Chunki:

  • Bir tomonga tezroq pul keladi,
  • Ikkinchi tomon kamroq to‘laydi,
  • Bu ikki tomon uchun foydali bitim hisoblanadi.

Ibnul Qayyim rahimahulloh:
“Bu holatda ribo yo‘q, chunki bu ikki tomon uchun foydali bitim hisoblanadi.”

Aksariyat ulamolar esa buni ribo deb hisoblashadi, chunki:

  • 12 ming so‘m bir yilga berilgan bo‘lsa,
  • Agar olti oy ichida to‘lansa, 11 mingga tushirilsa,
  • Go‘yoki 12 ming so‘m bo‘lishi kerak bo‘lgan qarz oldinroq 11 mingga sotib yuborilayotgandek bo‘ladi.
  • Bu esa qarzni chegirma bilan oldinroq to‘lash bo‘lib, ular buni riboga o‘xshash holat deb hisoblaydi.

Jarima masalasida esa bu qoidaga kirmaydi

Sababi:

  • Jarima — bu olingan mablag‘ emas, balki davlat tomonidan qo‘yilgan jazo.
  • Uni tezroq to‘lash natijasida chegirma olish ribo hisoblanmaydi.
  • Chunki bu qarz emas, balki jarima to‘lov tizimidagi rag‘batlantirish shakli.
  • Agar jarima muddati o‘tsa va qo‘shimcha to‘lov talab qilinsa, u holda riboga tushish xavfi bo‘lishi mumkin.

Xulosa:
Vallohu a’lam, jarimani oldinroq to‘lab, chegirma olish ribo hisoblanmaydi, chunki bu qarz emas, balki jarima. Shu sababli bunday chegirma olishda hech qanday shubhali jihat yo‘q, deb hisoblash mumkin.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ayoli kunduzi uxlashini yoqtirmaydigan erkakning savoli.

    July 20, 2025
  • Ayol kishi erining aka-ukalariga aralashishi va eriga aql o‘rgatishi.

    July 20, 2025
  • To‘rtinchi farzand uchun eko qildirish joizmi?

    July 20, 2025
  • Boshiga urib o‘ldirilgan baliqni yesa bo‘ladimi?

    July 20, 2025
  • Ayol kishi odam gavjum joylarda niqob taqib, boshqa payt niqobsiz yursa bo‘ladimi?

    July 19, 2025
  • Yaqinlarga berilgan narsani albatta qaytarish shartmi?

    July 19, 2025