Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Islomda qanday holatlarda o‘lim jazosi qo‘llanadi?

Islomda qanday holatlarda o‘lim jazosi qo‘llanadi?

Nashr sanasi: June 29, 2025

Savol :

Islomda qanday holatlarda o‘lim jazosi qo‘llanadi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Faqat uch holatda: Qasos – birovni qasddan o‘ldirgan bo‘lsa, Zino qilgan muhsan – turmush qurgan holda zino qilsa, Dinidan chiqqan murtad – islomni tark etgan va jamoani tark qilgan bo‘lsa.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Islomda o‘lim jazosi faqat ma’lum va aniq holatlar uchun belgilangan bo‘lib, u qat’iy shart-sharoitlar asosida ijro etiladi. Rasululloh ﷺ aytdilar:

«Musulmonning qoni faqat uch holatda halol bo‘ladi: qasos, zino qilgan muhsan (ya’ni turmush qurgan erkak yoki ayol), va islomni tark etgan murtad.»
(Hadis: Buxoriy va Muslim rivoyati)

Bu hadisga asoslanib, ulamolar quyidagi uch asosiy holatda o‘lim jazosi borligini aytadilar:

  1. Qasos (nafsu bin-nafs) – ya’ni kimdir birovni qasddan o‘ldirsa, o‘ldirilgan kishining vorislari, agar kechirmasa yoki diyani qabul qilmasa, qotilga nisbatan qasos – ya’ni o‘lim jazosi qo‘llanadi.

  2. Murtadlik – ya’ni Islom dinidan chiqish. Biroq bu holatda shartlar bor: unga iqomatul-hujjah (dalil va bayon) qilinadi, undan keyin tavba qilmasdan ochiqdan-ochiq murtadlikda sobit bo‘lsa, shariatga ko‘ra o‘lim jazosi tatbiq etiladi. Bu ishni oddiy odam emas, faqat shar’iy hokim amalga oshiradi.

  3. Zinoyi muhsan – ya’ni turmush qurgan erkak yoki ayol zino qilsa. Ammo bu ham juda og‘ir shartlar asosida isbotlanadi: to‘rtta ishonchli guvoh bir vaqtda zinoning o‘zini ochiq ko‘rgan bo‘lishi kerak. Tarixda bu kabi guvohlik bilan o‘lim jazosining tatbiq etilishi juda kam uchragan.

Bu uch holatdan tashqari boshqa ba’zi holatlar haqida ulamolar ixtilof qilgan, ammo asosiy hollari mana shu uchta atrofida aylanadi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘lim jazosi yoki boshqa hududiy jazolar (masalan, o‘g‘rining qo‘lini kesish) shunchaki gumon yoki oddiy da’vo bilan tatbiq etilmaydi. Shariatda har bir jazoning qat’iy shartlari bor. Misol uchun:

  • O‘g‘ri haqiqatan o‘g‘irlik qilganini dalillar bilan isbotlash lozim.

  • O‘g‘irlangan narsa nisob miqdoriga yetishi kerak.

  • O‘g‘irlik ocharchilik yoki majburlik holatida sodir bo‘lmagan bo‘lishi lozim.

Agar shubha bo‘lsa, jazo bekor qilinadi.

 Shariatdagi o‘lim jazolari havoyi istaklar asosida emas, balki qat’iy adolatli mezonlar bilan belgilanadi. Bu jazolarni faqat musulmonlar davlatida, shar’iy hokim va qozilar amalga oshiradi.

Shariatda har bir jazo – faqat adolatni qaror toptirish, jinoyatchilikni to‘xtatish va jamiyatni poklash uchun joriy etilgan. Misol uchun, qasos amal qilinsa, odamlar jinoyatdan tiyiladi. Alloh taolo Qur’onda marhamat qiladi:

وَلَكُمْ فِي الْقِصَاصِ حَيَاةٌ
“Sizlar uchun qasosda (hayot) tiriklik bordir.” (Baqara: 179)

Shu sababli, shariat jazo berishda shafqatsiz emas, aksincha – adolatli, og‘ir jazolar esa jamiyatdagi zo‘ravonlik va jinoyatlarni oldini olishga xizmat qiladi.

Allohu a‘lam.
Alloh barchamizni adolat va haqiqat yo‘lida sobit qilsin.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Ovsinlar bir-birining bolasini emizsa, hamma bolalari bir-biriga mahram bo‘lib qoladimi?

    September 2, 2025
  • Tog‘asining o‘g‘liga tekkan va nosog’lom farzand ko‘rgan ayolning savoli.

    August 31, 2025
  • Mashinani haddan tashqari tez haydash natijasida o‘lsa, o‘zini o‘ldirgan hukmida bo‘ladimi?

    August 31, 2025
  • Shafoat so‘rash haqida

    August 30, 2025
  • Maktablarda bolalar fikri zaharlanayotgani haqida savol.

    August 30, 2025
  • “Bir gunohni qilsam ota-onamga oq bo‘lay” degan va o‘sha gunohni qilgan odam hukmi.

    August 30, 2025