Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Ilmli qizni ilm o‘qimagan, ammo aqidasi sog‘lom yigitga berish mumkinmi?

Ilmli qizni ilm o‘qimagan, ammo aqidasi sog‘lom yigitga berish mumkinmi?

Nashr sanasi: May 4, 2025

Savol :

Qizimga qori ham, ilmli ham bo‘lmagan, ammo aqidasi sog‘lom tolibi ilmlardan sovchilar kelyapti. Qizim qoriya va ancha ilm o‘qigan, alhamdulillah. Qorilik va ilm bilan tanilgan insonlar avlodimiz. Yigitning Qur’on yodlamagani va hali ilm o‘qimagani biroz dilimni xijil qilyapti, ammo aqidasi sog‘lomligi bor. Bir to‘xtamga kelolmay qiynalyapman. O‘ziga o‘xshagani chiqishini kutay desak, yoshi o‘tib qolishidan xavotirdamiz. Ustoz, umuman olganda, qiz bolani o‘zidan ilmliroq joyga turmushga berish kerakmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qisqacha javob: Imkon bo‘lsa, ilmliroq yigitga berish yaxshi. Bo‘lmasa, aqidasi sog‘lom va xulqi yaxshi yigitga berish mumkin. Keyinchalik ilm o‘rganishi ehtimoli bor. Yoshi o‘tib ketish xavfi bo‘lsa, Allohga tavakkal qilish kerak.

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

O‘zidan ilmliroq joyga bersa yaxshi, ya’ni. Endi bo‘lmasa nima qilasiz, ya’ni bu narsa? Agar bo‘lsa, nur ustiga nur. Bo‘lmasa, hozirgi aytganingizdek aqidasi sog‘lom bo‘lsa, xulqi yaxshi bo‘lsa, ya’ni Allohga tavakkal qiling, istihora qiling. Bola yaxshi bo‘lsa, u ham ilm o‘qir, balkim keyinchalik.

Lekin ilmli bo‘lsa yana nur ustiga nur. Qoriya bo‘lsa, ilm o‘qigan bo‘lsa, ya’ni u odam o‘qimagan bo‘lsa, ko‘pincha kelishmay qolishi mumkin-da. U ayol, masalan, “Men sendan ilmliman”, deb, ko‘pincha erni mensimay qolishi mumkin. O‘rtada bir kelishmovchilik holatlari bo‘lib qolishi mumkin.

O‘sha holat bo‘lmasligi uchun ham shu, ya’ni kufu degan narsa bo‘ladi-da Islomda. Er-xotinning bir-biridan tengligi. Ya’ni qori bo‘lgan, hofiza bo‘lgan va arabcha bemalol ma’nolarga tushunadigan qiz bola hech narsa bilmaydigan, alifni kaltak deyilmaydigan bolaga turmushga chiqsa, boyagi o‘rtalarida bir kelishmovchilik bo‘lib qoladi.

Hayot ko‘pincha davom etmagan mana shu holatlarni ko‘rganmiz biz. Lekin bola farosatlik va keyin ilm o‘rgansa, u davom yaxshi ham bo‘lib ketishi mumkin. Bu yog’i ham bor. Shuning uchun o‘zlaringiz qaraysizlar. U bolani, masalan, ilmi bo‘lmagan bilan aqidasi sog‘lom deyapsiz, xulqi yaxshi deyapsiz.

Bunday bo‘lsa, ya’ni qarash kerak. Yaxshi odam bo‘layotgan bo‘lsa, bismillah, bersa bo‘lar. Yana ham o‘zi holatga qarash kerak. Qizning yoshi nechida endi yoshi o‘tib qolishidan qo‘rqyapsiz, deganingiz necha yoshga kirdi? Masalan, u birdan yoshi o‘tib ketib qolmaydi-ku. Tavakkal qilish kerak Allohga.

Agar yaxshi bola bo‘lsa, xulqi, ya’ni bersangizlar ham bir maqsad bo‘ladi. Bunda turib bir narsa deyish qiyinda uni. Odamidan odamiga qarab farq qiladi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ustoz, otam namoz o‘qimaydilar. U kishini qanday qilib ko‘ngillariga og‘ir botmaydigan tarzda namozga chaqirsam bo‘ladi?

    June 4, 2025
  • Mahsiga mash tortish uchun tahorat bo‘lishi kerakmi? Va uning shartlari qanday?

    June 4, 2025
  • Juma namoziga borishdan xavfsirayotgan kishi nima qilishi kerak?

    June 4, 2025
  • Xufton va vitr namozlarining qazosini o’qilish vaqtlari haqida

    June 1, 2025
  • Imomlik qilish mezonlari

    June 1, 2025
  • Ko‘chada namoz o‘qish imkoniyati yo‘q bo‘lsa, ayol namozni jamlasa bo‘ladimi?

    May 26, 2025