Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Ilm >Ilm olishga qiziqishi yo‘q farzandni otasining tinmay koyishi.

Ilm olishga qiziqishi yo‘q farzandni otasining tinmay koyishi.

Nashr sanasi: April 22, 2025

Savol :

Ustoz, otam ilm olishimni juda xohlaydi. “Ilm olmasang, oq qilaman, norozi bo‘laman,” deb har kuni urishadi. Bu gaplar menga juda og‘ir ta’sir qilyapti. Negadir ilmga qiziqishim yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, Alloh imkon berganicha ilm olyapman.

Darsdan kelishim bilan koyish va taqqoslashlar boshlanadi: “Tengdoshlaring shunday qilibdi, sen nega qilmayapsan?” deb doim asabiylashadi. Har kuni shu ahvol. Iltimos, menga ham, otamga ham nasihat qilsangiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Avvalo, harakat qilishda davom eting. Otangiz sizni foydali, ulug‘ bir narsaga undayapti — bu esa ilm. Allohdan so‘rang, qalbingizni ochsin. Ilm olish eng sharafli amallardan biridir. Hozir sizga bu og‘ir tuyilayotgan bo‘lishi mumkin, lekin keyinchalik bu uchun otangizga minnatdor bo‘lasiz, inshaAlloh.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Avvalo, harakat qilishda davom eting. Otangiz sizni foydali, ulug‘ bir narsaga undayapti — bu esa ilm. Allohdan so‘rang, qalbingizni ochsin. Ilm olish eng sharafli amallardan biridir. Hozir sizga bu og‘ir tuyilayotgan bo‘lishi mumkin, lekin keyinchalik bu uchun otangizga minnatdor bo‘lasiz, inshaAlloh.

Ammo, agar siz chindan ham ma’lum darajadan ortiq ilmni o‘zlashtira olmasangiz, ya’ni yod olishda yoki o‘qishda qiynalayotgan bo‘lsangiz, bu holatni muloyimlik bilan otangizga tushuntiring. Har bir insonning imkoniyati har xil bo‘ladi. Balki siz boshqa bir foydali yo‘nalishda — hunar, kasb, xizmat yo‘lida o‘z salohiyatingizni ko‘proq namoyon qila olarsiz.

Shunga qaramay, imkoningiz boricha ilm tahsilini davom ettiring. Hech bo‘lmaganda farz ilmlarini — aqida, tahorat, namoz kabi zarur bilimlarni chuqur o‘rganing. Qolgan masalalarda esa Alloh sizga yo‘l ko‘rsatadi.

Alloh otangizga ham, sizga ham to‘g‘ri tushuncha, sabr va baraka bersin.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Asabiylikdan qanday qutulish mumkin?

    July 19, 2025
  • Tik turib dars qilish joizmi?

    July 13, 2025
  • Himmatni qanday oliy qilish mumkin?

    July 9, 2025
  • Boshqa joyda ilm olishiga ustozi norozi bo’lsa nima qilish kerak?

    July 8, 2025
  • Madrasada o‘qiganim yaxshi mi yoki uyda o‘qiganim?

    July 2, 2025
  • Alloh nega farishtalarga emas, Odamga barcha narsalarning nomini o‘rgatdi?

    July 1, 2025