Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Ikki rakat namozni bir nechta niyat bilan o‘qib, ko‘p savobga ega bo‘lish mumkinmi?

Ikki rakat namozni bir nechta niyat bilan o‘qib, ko‘p savobga ega bo‘lish mumkinmi?

Nashr sanasi: April 11, 2025

Savol :

Bir tanishim menga: “Har safar ikki rakat namoz o‘qimoqchi bo‘lsang, uni sunnat, farz va istixora niyatida o‘qi. Shunda o‘qigan ikki rakat namozing olti rakatga teng bo‘ladi”, – dedi. Bu gap to‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bunday amal bid’at hisoblanadi, bunday qilmaslik kerak.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu gap noto‘g‘ri, bu — bid’at hisoblanadi. Chunki Rasululloh ﷺ bunday qilmaganlar va bunday qilishni ham buyurmaganlar. Rasululloh ﷺ aytmagan narsani amal sifatida kiritish shariatda qat’iyan man qilingan.

Bizga yetgan sahih manbalarda ham sahobalar bunday yo‘l tutgani haqida hech qanday dalil yo‘q. Har bir amal niyatga bog‘liq: kim sunnat o‘qisa, sunnat niyatida o‘qisin; farz o‘qisa, farz niyatida; istixora o‘qisa, istixora niyatida o‘qisin. Bir amalni bir necha niyatga bog‘lab, ularning barchasi ado bo‘ladi, deyish esa bid’atga yo‘l ochadi.

Shariatga qo‘shimcha kiritish – xuddi go‘yo: “Sizlar bilmagan narsani men bilaman,” degan iddao bo‘ladi. Bu esa nihoyatda xavfli.

Xulosa: Har bir amal o‘z niyatiga bog‘liq. Niyatlar chalkashmasligi kerak. Rasululloh ﷺ va sahobalarning yo‘lidan chetga chiqmaslik eng to‘g‘ri yo‘ldir.


Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Karnay orqali azon eshitilsa, masjidga borish vojib bo‘ladimi?

    July 22, 2025
  • 12 yoshdaman, juma namoziga chiqishim vojibmi?

    July 17, 2025
  • Namoz o‘qishni yangi o‘rganayotgan ayolim orqamda turib namoz o‘qisa, qabul bo‘ladimi?

    July 9, 2025
  • Peshin namozining avvalidagi to‘rt rakat sunnatini ikki rakat qilib o‘qisam bo‘ladimi?

    July 9, 2025
  • Namozda peshob kelgandek tuyilaversa, nima qilish kerak?

    July 7, 2025
  • Bomdod sunnatini Farzidan keyin o’qisa bo’ladimi?

    July 4, 2025