Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Hayz tugagan kunning ertasiga yana qizil aralash oqlik kelsa, namozlar nima bo‘ladi?

Hayz tugagan kunning ertasiga yana qizil aralash oqlik kelsa, namozlar nima bo‘ladi?

Nashr sanasi: October 4, 2025

Savol :

Hayz tugagach, odatda ikki namoz vaqti o‘tguncha kuzataman. Oqlik kelsa, g‘usl qilib namozni boshlayman.
Lekin ba’zan g‘usl qilib, namozni boshlaganimdan keyin, ertasi kuni yana oqlikka ozroq qon aralashib keladi.

Bunday paytda nima qilish kerak?
Namozlarni o‘qishim kerakmi yoki o‘sha kunni o‘tkazib, keyingi kundan boshlaymi?


Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ayol kishi hayz tugaganini to‘liq oqlik (qassatul baydā) bilan biladi. Agar oqlikka qon yoki sarg‘ish narsa aralashsa, hayz hali tugamagan bo‘ladi. To‘liq oqlik ko‘rmaguncha namozni boshlash joiz emas. Oqlik kelgachgina g‘usl qilib, namozni davom ettirish kerak.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Siz oqlikni to‘liq ko‘rmaguningizcha kutishingiz kerak.
Agar oqlikka aralashib qizg‘ish yoki sarg‘ish narsa chiqsa, demak hayz hali tugamagan hisoblanadi.

Ayol kishi hayzdan tozalanganining belgisiga “qossatul baydo” deyiladi — ya’ni to‘liq oq rangdagi suyuqlik yoki tozalik holati.
Bu belgini ko‘rmaguncha, hayz davom etayapti deb hisoblanadi.

Ba’zi ayollarda bu oqlik belgisi bo‘lmaydi, faqat quruqlik (jafāf) bilan tugaydi — ya’ni hech narsa kelmay, tozalik seziladi. Bu holatda hayz tugagan bo‘ladi.

Ammo sizda oqlikka hali rang aralashib kelyapti, demak hayz hali davom etmoqda.
Shuning uchun namozni boshlashdan oldin to‘liq oqlikni kuting.
To‘liq oqlik ko‘ringach, g‘usl qilib namozni boshlang.

Ungacha sizga namoz farz bo‘lmaydi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Hayvonlarni hayvonot bog‘ida saqlash ularga zulm emasmi? Bu gunoh emasmi?

    October 10, 2025
  • Yubiley va tug‘ilgan kunlar o‘tkaziladigan oshxonada halol taom bo‘lsa, u yerda ovqatlanish yoki taom xarid qilish joizmi?

    October 4, 2025
  • Klinikada ishlayman. Ba’zan bemorga yordam bo‘lsin deb, ikkita tishni davolab, kassada bitta deb yozaman. Bu ishim joizmi?

    October 3, 2025
  • Bir odam vafot etib, mulklar qoldirdi. Katta o‘g‘il: “Otam bilan birga ishlaganim uchun bu uy va mashina meniki bo‘ladi, qolgan merosni taqsimlang”, deb turibdi. Shu holatda bu narsalar to‘g‘ridan meros bo‘lib hisoblanadimi yoki u da’vo qilayotgan mulklar haqiqatan unga tegishli bo‘lishi mumkinmi?

    October 2, 2025
  • Bir tanishim: “Yillar davomida Allohdan so‘rayman, lekin yomon odatlarimdan chiqa olmayapman. Demak, taqdirimda shunday yozilgan”, deydi. Bu to‘g‘rimi?

    October 2, 2025
  • Ustoz, er-xotin ajrashgan. Bolalar otasi beradigan aliment pulini ona o’zi uchun ham ishlatishi joizmi?

    October 2, 2025