Ustoz, biz G‘arb davlatlaridan birida yashaymiz. O‘g‘lim 17 yoshda, islomiy maktabda o‘qiydi. Erim bilan qo’limizdan kelganicha Allohdan taqvo qilamiz – uyda Qur’on o‘qiymiz, onlayn shar’iy darslarga qatnaymiz. Ammo Allohning qadari bilan farzandlarimiz internet o‘yinlariga mubtalo bo‘lib qolishdi. Bu o‘yinlarni erim, men qarshi bo‘lganimga qaramay olib bergan. Endi ajratib bo‘lmayapti. Tarbiya mas’uliyati menga yuklangan bo‘lgani uchun juda tushkunlikka tushib qolaman. “Rabbim oldida qanday javob beraman?” deb o‘ylayman. Ba’zan “taqdirda shunday yozilgan” deb butunlay qo‘l siltagim keladi, lekin vijdonim qiynaydi.
Hijrat masalasini ham o‘ylayman. “Bu yerda muhit va do‘stlar bolaga salbiy ta’sir qilayapti”, deyman. Ikkinchi o‘g‘lim 13 yoshda, u ham akasining ortidan ketyapti. Iltimos, maslahat bering.