Ustoz, o‘g‘lim namozni ko‘p qazo qiladi, ilm olishni yoqtirmaydi, dinga qiziqishi yo‘q. Faqat “ishga kiray, pul topay” degan g‘oyada yashaydi. Men unga rahmim kelganidan “ilm olmasang noroziman, agar meni rozi qilishni istasang, o‘lguningcha ilm olasan”, deyman.
Ammo baribir gaplarim ta’sir qilmayapti. Ko‘ra-bila turib zalolatga ketayotganini befarq qarab tura olmayapman. Nasihat qildim, mehr bilan ham, og‘ir gaplar bilan ham tushuntirdim – foyda bo‘layotgani yo‘q. Ustoz, iltimos, maslahat bering. Axir ertaga vafot etsa, qabrda birinchi bo‘lib namozdan so‘raladi-ku…