Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Ilm >Erimni darslaringizni eshitishga ko‘ndira olmayapman. Qanday yo‘l tutay?

Erimni darslaringizni eshitishga ko‘ndira olmayapman. Qanday yo‘l tutay?

Nashr sanasi: August 6, 2025

Savol :

Ustoz, sizning tafsir darslaringizni eshitib kelaman. Erimga har kuni kechqurun, bolalar uxlagach, ikkalamiz birgalikda bittadan tafsir darsi eshitaylik desam, rozi bo‘lmayapti. Kecha shu masalada tortishib urishdik. Erim: “Meni majburlama, o‘sha insonni hurmat qilaman, lekin darslarini eshitishni xohlamayman”, dedi. Men unga: “Eshitganingizda haromdan tiyilasiz, yolg‘on gapirmaysiz, Allohdan ko‘proq qo‘rqadigan bo‘lasiz”, dedim, lekin baribir rozi bo‘lmadi. Endi bunday vaziyatda men qanday yo‘l tutay?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Siz o‘zingiz tinglayvering. U kishiga esa shirin muomala qiling, xizmat qiling, mehr ko‘rsating. Balki sizning axloqingizdan, sabringizdan, muomalangizdan ilhomlanib, bir kun o‘zi tinglagisi kelib qoladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu yondashuv hikmatli emas. Har bir insonning holati, imkoniyati, ruhiy tayyorgarligi turlicha. Balki eringiz charchab keladi, yoki boshqa bir uslubdagi darslarni tinglashni xohlaydi, balki umuman hozirgi holatida bunday diniy ta’limotni qabul qilishga ichki tayyor emasdir. Balki faqat o‘ziga qulay yo‘l bilan izlanishni istayotgandir.

Hech kim aynan shu darslarni eshitishga majbur emas.  Shuning uchun bu narsani majburlab, o‘rtangizni sovitib, hayotni haraj (qiyinchilik) holatiga olib borish kerak emas. Agar u hozir eshitishni xohlamasa – bo‘ldi. Qabuli yo‘q narsani takror-takror aytaverish — munosabatlarni buzadi, sovitadi.

Shuning uchun bu yerda siz hikmat bilan yondashishingiz kerak.

Siz o‘zingiz tinglayvering. U kishiga esa shirin muomala qiling, xizmat qiling, mehr ko‘rsating. Balki sizning axloqingizdan, sabringizdan, muomalangizdan ilhomlanib, bir kun o‘zi tinglagisi kelib qoladi.

Ba’zi erkaklar bor – biror yaxshi ishni o‘zi qilishni xohlab yurgan bo‘lsa ham, xotini aytgani uchun uni qilmaslikni tanlaydi. Bu – ba’zi kishilarning tabiati, ularni shunday tarbiya olgan bo’lishi mumkin.

Shuning uchun siz bu holatga farosat va sabr bilan yondashing.

Ehtimol, u boshqa bir olimni, boshqa dars uslubini yoqtirar. Balki darsni boshqa joydan olib o‘rganar. Unga bu borada bosim o‘tkazmang.

Unutmang, uning qabriga siz kirmaysiz, sizning qabringizga u kirmaydi. Kim ilm olishdan foydalansa — o‘ziga foyda. Foydalanmasa — o‘ziga zarar. Siz esa hikmat bilan aytib qo‘ygan bo‘lsangiz, sizga yetarli bo‘ladi.

Har bir inson ilm olishga ichki ehtiyoj bilan keladi. Buni majburlab bo‘lmaydi.


Xulosa:

  • Hikmat bilan yondashing.

  • Sabrli bo‘ling, bosim qilmang.

  • Mehringiz va yumshoqligingiz bilan da’vat qiling.

  • O‘zingiz dars eshita bering, uni esa majburlamang.

  • Munosabatlar sovib ketmasligi uchun ogoh bo‘ling.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Men taqiqlangan domlani eshitishimga onam rozi bo‘lmasa, nima qilishim kerak?

    August 17, 2025
  • Asabiylikdan qanday qutulish mumkin?

    July 19, 2025
  • Tik turib dars qilish joizmi?

    July 13, 2025
  • Himmatni qanday oliy qilish mumkin?

    July 9, 2025
  • Boshqa joyda ilm olishiga ustozi norozi bo’lsa nima qilish kerak?

    July 8, 2025
  • Madrasada o‘qiganim yaxshi mi yoki uyda o‘qiganim?

    July 2, 2025