Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Erim meni haqorat qiladi va ayolni kamsitishni “urf-odat” deydi. Bu to‘g‘rimi?

Erim meni haqorat qiladi va ayolni kamsitishni “urf-odat” deydi. Bu to‘g‘rimi?

Nashr sanasi: May 11, 2025

Savol :

Ustoz, erim menga qattiq zulm qiladi. Erimga ko‘p marta: «Agar jonga qasd qilish gunoh bo‘lmaganida, zulmlaringizdan qutulish uchun o‘zimni o‘ldirgan bo‘lar edim», deb yig‘layman. Ustoz, iltimos, shunday erkaklarga nasihat qiling. Erim aytishicha, ayolni haqoratlash bizda urf-odat ekan.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qisqacha javob; Ayolni xorlash — bu pastkashlik. Ayolni hurmat qilgan odam — karim, xorlasa — pastkash bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlarning eng yaxshilaringiz — oilasiga yaxshilaringizdir”, deganlar. “Urfimiz shunaqa” degan gap musulmon odamning gapi emas. Musulmon odam sunnatga ergashadi.

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi Payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo‘lsin.

Rasulullohni yaxshi ko‘rayotgan bo‘lsa, Rasulullohga ergashing, mana. Alloh taolo: “Rasulullohda sizlar uchun chiroyli namuna bor”, degan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam eng ayollariga yaxshisi edi.

Rasululloh aytdilar: “Xayrukum xayrukum li ahlihi”, ya’ni:

“Sizlarning eng yaxshilaringiz — oilasiga eng yaxshilaridir.”

Men sizlarning eng oilasiga yaxshilaringman, deganlar. Insonning yaxshi-yomonligini mezoni — xotiniga bo‘lgan muomalasidan kelib chiqadi. Shuning uchun odam xotiniga yaxshi muomala qilishi — insoniylikning mezonidir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari bu.

Ayolni xorlash — bu pastkashlikdir. Ayolni hurmatlagan odam — karim (keng fe’lli) odam, uni oyoq osti qilgan esa — la’im (pastkash) bo‘ladi. Siz oyoqosti qilayotgan ayol — sizning farzandlaringizning onasi. Ertaga farzandlaringiz katta bo‘lgach, sizga nisbatan hurmati yo‘qoladi.

Chunki ularning eng yaxshi ko‘rgan odamini siz xor qilyapsiz. Ularning ko‘z o‘ngida bu bo‘layotgani — bolalarga jiddiy salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun aqlli bo‘ling. Tajribada ko‘ring: ayolni xorlagan odamlar yoshi ulg‘aygach, bolalari katta bo‘lganda oilada o‘zi xor bo‘lib qoladi.

Chunki bolalar kuchayib ketgach, o‘z onasini xorlashganini eslab, sizni hurmat qilmay qo‘yadi. Ular onasining ko‘z yoshini, holatini ko‘rib o‘sadi. Shunda ichida yig‘i bo‘lib, kul ichidagi cho‘qdek bo‘lib qoladi. Qachonki ustiga shamol tursa, tutab yonib ketadi.

Shuning uchun aqlli odam bunday qilmaydi, Rasulullohning sunnatiga ergashadi.

“Urf-odat” desangiz — bu johilona urf-odatni qo‘ying. Musulmon odam shariatga ergashadi. “Bizda erkaklar shunaqa” deyish musulmonning gapi emas. Unda Rasulullohga ergashish qayerda qoladi? “Urfimizda ayollar ro‘mol taqmaydi, aroq ichadi” deyish bilan oqlanmaydi bu.

Abitaga hamma emas. “Urfimiz shunday” deb bahona qilsak, unda bizning “Muhammadur Rasululloh” degan shahodatimiz qayerda qoladi? Musulmon bo‘lganligimiz qayerda qoladi?

Alloh o‘zi insof bersin. Alloh tavfiq bersin. O‘ylaymanki, musulmon odamga mana shu aytilgan gapning o‘zi kifoya qiladi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ko‘chada namoz o‘qish imkoniyati yo‘q bo‘lsa, ayol namozni jamlasa bo‘ladimi?

    May 26, 2025
  • Qattiq g‘azab yoki sehr ta’sirida berilgan taloq shariatda o‘tadimi?

    May 26, 2025
  • Xaridor uyimni bank krediti orqali olmoqchi. Men bu holda sotishim joizmi?

    May 24, 2025
  • Amakim vafot etgan, uning yetim farzandlari bor. Buvamning hovlisida yashashyapti. Hali buvam tirik. Bu hovlida u farzandlarning haqi bormi?

    May 24, 2025
  • Jamoat namozida bir rakatni unutib salom bergan kishi: qaytib o‘qisa namozi sahih bo‘ladimi?

    May 24, 2025
  • Er ayoli uyda bo‘lmasa ham uning navbatida o‘sha uyda qolishi adolat sanaladimi? Ayolining rozi bo‘lmasligi xatomi?

    May 23, 2025