Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Nikoh >Emikdoshlar bilmasdan oila qurib, keyin ajrashib ketishgandan keyin bir-birlariga silai rahm qilishlari kerakmi?

Emikdoshlar bilmasdan oila qurib, keyin ajrashib ketishgandan keyin bir-birlariga silai rahm qilishlari kerakmi?

Nashr sanasi: May 26, 2025

Savol :

Ustoz, emikdoshlar oila qurishgan bo‘lsa-yu, keyin ular emikdosh ekanliklarini bilib ajrashib ketishgan bo‘lsa, ular bir-biriga silai rahm qilishlari kerakmi? Umuman olganda, agar emikdoshlar oila qurib qo‘ygan bo‘lishsa ham, ular bir-biriga o‘z tug‘ishganlaridek silai rahm qilishlari shartmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Emikdoshlar o‘rtasida nikoh harom bo‘ladi. Shu bois, ular darhol ajralishlari kerak. Lekin, silai rahm bu yerda saqlanadi. Chunki ular bir-biriga mahramlik asosida silai rahm qilishadi. Agar fitnadan qo‘rquv bo‘lsa, unda silai rahmni uzoqdan turib davom ettirish kerak bo‘ladi.

Bismillah, alhamdulillah, vassalatu vassalamu ‘ala rasulillah, amma ba’d.

Albatta, emikdoshlar agar oila qurgan bo‘lsa, bu turmush — haqiqiy turmush emas. Chunki bu xato yo‘l bilan qurilgan bo‘ladi. Garchi bu holatda zino deyilmasa-da, unda shubha bo‘lgani uchun bu nikoh noto‘g‘ri hisoblanadi. Shuning uchun bunday holatda er-xotin ajralishi lozim. Bolalar otasiga nisbat beriladi, lekin bu nikoh halol nikoh bo‘lmaganligi sababli, bu oila davom eta olmaydi.

Chunki emikdosh bo‘lganlar o‘rtasida nikoh harom bo‘ladi. Emikdoshlik — mahramlik sababidir, u holda nikoh o‘rnatilmaydi. Shu bois, ular darhol ajralishlari kerak.

Lekin, silai rahm – ya’ni qarindoshlik aloqalarini davom ettirish — bu yerda saqlanadi. Chunki ular bir-biriga mahram bo‘lib qolishadi. Shu mahramlik asosida silai rahm qilishadi.

Biroq, agar “silai rahm qilayapman” degan bahona bilan ular yana yolg‘iz qolib, ilgari er-xotin bo‘lib yashagan odatlariga qaytib qolish xavfi bo‘lsa, unday holatda ehtiyot bo‘lish lozim. Chunki ular o‘rtasida ilgari hijob tushgan, pardalar ko‘tarilgan bo‘ladi.

Shunday holatlardan ehtiyot qilish kerak. Agar fitnadan qo‘rquv bo‘lsa, unda silai rahmni uzoqdan turib, masofani saqlagan holda davom ettirish kerak bo‘ladi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Nikoh paytida oila qurayotganlarni tanimaydigan kishilarning guvohligi o‘tadimi?

    June 4, 2025
  • Xulu‘ orqali ajrashgan ayol eriga qayta turmushga chiqishi joizmi?

    June 4, 2025
  • Qaynota kelinga mahrammi? Uning oldida ro‘molsiz yurish va yolg‘iz qolish mumkinmi?

    June 3, 2025
  • O‘gay qiz erga mahram bo‘ladimi?

    June 3, 2025
  • Ayol kishi erining ruxsatisiz ishlashi joizmi?

    June 3, 2025
  • Ayolning “Mahringizni qaytarib oling” degan so‘zi xulu’ sanaladimi? Ajrimdan keyin er uyida yashash joizmi?

    June 2, 2025