Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Ehrom yangi, ya’ni ilgari kiyilmagan bo‘lishi kerakmi

Ehrom yangi, ya’ni ilgari kiyilmagan bo‘lishi kerakmi

Nashr sanasi: April 12, 2025

Savol :

Umraga borishni niyat qilganman, inshaalloh. Shu sababdan, umraga borib kelgan tanishlarim bilan umra haqida suhbatlashib turaman. Ularning aytishicha, ehrom yangi, ya’ni ilgari kiyilmagan bo‘lishi kerak ekan. Shu to‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ehromning yangi bo’lishi shart qilinmagan, najosatdan pok bo‘lsa, tikilmagan bo‘lsa va unga atir yoki boshqa hidli narsalar surtilmagan bo‘lsa, bo‘laveradi.

Bismillah,

Alloh ta`ologa hamdu sanolar, undan keyin payg`ambar bo`lmaydigan payg`ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomat ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo`lsin.

Yo‘q, bu to‘g‘ri emas. Ehrom albatta yangi bo‘lishi kerak, degan talab yo‘q. Ya’ni, ehrom najosatdan pok bo‘lsa, tikilmagan bo‘lsa va unga atir yoki boshqa hidli narsalar surtilmagan bo‘lsa, bo‘laveradi.

Ziynatli kiyim bo‘lmasa bas – oddiy, sodda bo‘lsa kifoya. Sahobalarda ham har doim yangi ehrom bo‘lgan deb hech kim aytolmaydi. Ularning hammasi umraga faqat yangi ehrom kiyib borgan deb aytilmagan.

Bu gap, ya’ni ehrom albatta yangi bo‘lishi kerak degan fikr, odamlarning o‘zlaricha chiqarib olgan mulohazasi bo‘lishi mumkin. Najosatdan pok, toza bo’lishi lozimligini, “yangi” deb talqin qilgan bo’lishlari mumkin. Asosli diniy manbalarda esa bunday shart qo‘yilmagan.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Hayvonlarni hayvonot bog‘ida saqlash ularga zulm emasmi? Bu gunoh emasmi?

    October 10, 2025
  • Hayz tugagan kunning ertasiga yana qizil aralash oqlik kelsa, namozlar nima bo‘ladi?

    October 4, 2025
  • Yubiley va tug‘ilgan kunlar o‘tkaziladigan oshxonada halol taom bo‘lsa, u yerda ovqatlanish yoki taom xarid qilish joizmi?

    October 4, 2025
  • Klinikada ishlayman. Ba’zan bemorga yordam bo‘lsin deb, ikkita tishni davolab, kassada bitta deb yozaman. Bu ishim joizmi?

    October 3, 2025
  • Bir odam vafot etib, mulklar qoldirdi. Katta o‘g‘il: “Otam bilan birga ishlaganim uchun bu uy va mashina meniki bo‘ladi, qolgan merosni taqsimlang”, deb turibdi. Shu holatda bu narsalar to‘g‘ridan meros bo‘lib hisoblanadimi yoki u da’vo qilayotgan mulklar haqiqatan unga tegishli bo‘lishi mumkinmi?

    October 2, 2025
  • Bir tanishim: “Yillar davomida Allohdan so‘rayman, lekin yomon odatlarimdan chiqa olmayapman. Demak, taqdirimda shunday yozilgan”, deydi. Bu to‘g‘rimi?

    October 2, 2025