Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Dollarda qarz olib, boshqa pul jinsida qaytarish joizmi?

Dollarda qarz olib, boshqa pul jinsida qaytarish joizmi?

Nashr sanasi: January 23, 2025

Savol :

Ustoz, dadam amakimdan 5000 dollar qarz olib, dollar ko‘rinishida qaytarib berishga kelishgan ekan. Biz oyma-oy ming dollar ekvivalentida Qirg‘iz so‘mi yig‘ib, amakimga so‘mda berib: “O‘zingiz dollar qilib olasiz”, deymiz. Pul jinsining o‘zgarganda qo‘lma-qo‘llik shart ekanligini bilaman. Agar qarzni dadam olgan bo‘lsa-yu, to‘lashni men amalga oshirsam, qo‘lma-qo‘llik sharti bekor bo‘ladimi? Sababi, biz dollarni yaxshi tushunmaymiz, tanishlarimiz ham yo‘q. O‘zimiz so‘mni dollar qilib olib borsak, aldanib qolishimiz xavfi katta. Shu sababli, amakimning o‘z tanishlari ko‘pligi uchun: “Pulingizni o‘zingiz almashtirib oling”, deymiz. Bu muomalamiz ribo hisoblanmaydimi?


Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Bir pul birligida qarz olgan kishi boshqa pul birligida to‘lashi joiz, agar bu kelishuv qarz olishdan oldin emas, balki to‘lov paytida amalga oshirilgan bo‘lsa.

Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Bir pul birligida qarz olgan kishi boshqa pul birligida to‘lashi joiz, agar to‘lash paytida kelishib to‘lab yuborsa. Ammo oldindan kelishib qo‘yish joiz emas. Masalan, 5000 dollar qarz olayotgan paytda: “To‘lashda so‘mda yoki boshqa pul birligida to‘laymiz,” deb kelishib olish mumkin emas.

Agar qarzning 5000 dollarini bo‘lib-bo‘lib, ming dollardan to‘layotgan bo‘lsa, to‘lash paytida kursga qarab, ming dollarga teng keladigan so‘mni berish mumkin. Ikkala tomon bunga rozi bo‘lsa, o‘sha kunning kursi bo‘yicha ming dollarga teng miqdordagi so‘mni berish joiz. Keyin qarz beruvchi o‘z istagiga ko‘ra o‘sha miqdorni dollarga almashtiradimi yoki so‘mda qoldiradimi – bu uning qarori.

Muhimi, berilgan ming dollar ekvivalentidagi so‘m o‘sha joyning o‘zida qo‘lma-qo‘llik amalga oshirilsa bas. Qarzni otasi beradimi yoki farzandi – bu ahamiyatga ega emas. Bu bilan qo‘lma-qo‘llik sharti bajarilgan hisoblanadi.

Qolgan 4000 dollar esa qarz sifatida qolishi lozim. Har safar ming dollarni to‘lash paytida yangi kurs bo‘yicha kelishib, so‘mda to‘lash mumkin. Ammo qarzni olgan paytda: “Bu 5000 dollarni so‘mda qaytaramiz,” deb oldindan kelishib olish va keyin uni qisman berib, qolganini so‘mda to‘lash – joiz emas.

Har to‘lovda faqat o‘sha kunning kursi bo‘yicha kelishib, to‘lovni amalga oshirish lozim, chunki qarzning bir qismini oldindan kelishib qoldirsa, qo‘lma-qo‘llik sharti buziladi. Lekin to‘lov o‘sha zahoti amalga oshirilsa, muammo yo‘q. Shuningdek, qarzni farzandi yoki boshqa bir oila a’zosi to‘lashi ham zarar qilmaydi, chunki qo‘lma-qo‘llik sharti baribir bajarilgan hisoblanadi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

2

  • Sun’iy idrok (AI), din va musulmonlar

    April 17, 2025
  • Imkoniyatingiz bo’lsa ilm olish afzalmi yoki hojiboshilik?

    April 17, 2025
  • Musulmon odam do‘zaxda abadiy qoladimi?

    April 17, 2025
  • Go‘zal xulq bilan muomala qilish riyomi?

    April 17, 2025
  • Qarzdorlar qarzini cho‘zib yursalar, menga ajr yoziladimi?

    April 17, 2025
  • Kasalni ziyorat qilishga beparvo bo‘lish — bu iymon zaifligining belgilaridan biridir.

    April 17, 2025