Ustoz, kompaniyamizda ish vaqti ishroq paytida boshlanadi. Bunga sabab — xodimlar vaqtida ish boshlasin, baraka bo‘lsin, bomdod namoziga e’tiborli bo‘lsin degan niyat. Shuning uchun ish vaqti bomdoddan keyin boshlanadi. Shu sababli, kompaniya menejmenti sifatida, bomdod namozini masjidda jamoat bilan o‘qimagan xodimlar uchun jarima tizimi joriy qilmoqchimiz:
1 kun jamoatga qatnashmasa – 1% oylikdan ushlanadi,
2 kun – 2%,
3 kun – 4%,
4 kun – 8%,
5 kun – 16%,
6 kun – 32%.
Shariat nuqtai nazaridan bunday tizim joriy qilish to‘g‘rimi? Bizda quyidagi shubhalar bor:
- Diniy masala (jamoat bilan bomdod o‘qish) uchun jazoni belgilash uchun shar’iy dalil kerak emasmi?
- Bu o‘g‘rining qo‘lini kesish kabi hukm hisoblanmaydimi?
- Agar bu hukm bo‘lsa, u holda faqat davlat qozi yoki vakolatli shaxslar ijro qilishi kerak emasmi?
- Kimdir dunyoda jazolansa, oxiratda jazolanmaydi degan gap bor. Unda bu yerda jazolash to‘g‘rimi?