Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Bolalarni Juma namozidan qaytarayotkan muallimlar

Bolalarni Juma namozidan qaytarayotkan muallimlar

Nashr sanasi: April 10, 2025

Savol :

Ustoz, Juma kuni masjid oldiga maktab muallimlari kelib turishadi. Juma namoziga kelgan maktab bolalarini masjidga kiritishmayapti. “O‘zingiz namoz o‘qimaysiz, namozga kelgan bolalarni nega qaytarasiz? Allohdan qo‘rqmaysizmi?” desak, “Bizga ham buyruq berilgan”, deyishadi. Bu holatda bolalarimizni Jumaga olib kelmasak, gunohkor bo‘lib qolmaymizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqa hulosasi, Agar ular balog‘atga yetmagan bo‘lsa, Juma namozi ularga vojib emas. Agar yetgan bo‘lsa, ularga vojib bo‘ladi. Ammo sizlar har holda qo‘lingizdan kelganini qilyapsizlar, Alloh buni ko‘rib turibdi. Agar bolani masjidga kiritmay, man etishayotgan bo‘lsa, sizlar gunohkor bo‘lmaysizlar. Bu gunoh — o‘sha man qilayotgan kishilar va ularga buyrug‘ini berganlargadir.

Bismillah,

Alloh ta`ologa hamdu sanolar, undan keyin payg`ambar bo`lmaydigan payg`ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomat ularga yaxshilikda ergashganlarga salovot va salomlar bo`lsin.

فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ مَا ٱسْتَطَعْتُمْ

Alloh taolo aytadi: “Qo‘lingizdan kelganicha taqvo qilinglar”.

Alloh ko‘rib turibdi, sizlar qo‘lingizdan kelganicha taqvo qilyapsizlar. Mana, shuncha harakat qilyapsizlar, bolani olib borib, eshikning tagigacha yetkazib qo‘yyapsizlar. Undan tashqari, bu holat odamlarga zulm qilishning bir ko‘rinishi ham bo‘lishi mumkin — va, afsuski, bo‘lyapti ham.

Holat shunday bo‘lgach,bolalarga zarar yetadigan bo‘lsa, bu uzrli holat hisoblanadi. Masalan, oddiy musofir odam uchun Juma namozi vojib emas — bu uzrli holat. Boshqa tarafdan, ba’zi musofirlar uchun Juma o‘qish mumkin, agar qiyinchilik bo‘lmasa.

Shuningdek, bemorlar, qullar va ayollar uchun ham Juma namozi vojib emas. Ayollar Juma namoziga chiqadigan bo‘lsa, eridan ruxsat olib, hech qanday qiyinchiliksiz qatnashishlari mumkin, lekin bu ularga vojib emas.

Endi bu holatda gap yosh bolalar haqida ketmoqda. Agar ular balog‘atga yetmagan bo‘lsa, Juma namozi ularga vojib emas. Agar yetgan bo‘lsa, ularga vojib bo‘ladi. Ammo sizlar har holda qo‘lingizdan kelganini qilyapsizlar, Alloh buni ko‘rib turibdi. Agar bolani masjidga kiritmay, man etishayotgan bo‘lsa, sizlar gunohkor bo‘lmaysizlar. Bu gunoh — o‘sha man qilayotgan kishilar va ularga buyrug‘ini berganlargadir.

Bu holat juda achinarli. Musulmon yurtda, aholisi deyarli to‘liq musulmon bo‘lgan mamlakatda, yosh bolalarni Juma namoziga qo‘ymaslik — achinarli hol. Bolalar qayerda, qanday qilib Juma namoziga o‘rganadi?

Agar masjid hukumatga tegishli bo‘lsa, imomi ham hukumat tomonidan tayinlangan bo‘lsa, u yerda axloq, odob, tarbiya haqida gapiriladi. Bolalar kelsin, shu gaplarni eshitsin, namoz o‘qisin — bu juda yaxshi! Klublarga yoki bemaza joylarga borish o‘rniga, masjidga borish foydaliroq, to‘g‘rimi?

Bugun ko‘chalarda qancha yosh bolalar sigaret chekib, dori ichib, yomon odatlarga berilib yuribdi. Nega muallimlar o‘sha yerga borib, ularga nasihat qilishmaydi? “Bu yerda nima qilib yuribsan, otang qani, onang qani?” deb so‘rashmaydi? Nega masjidga kelgan, yaxshi niyatdagi bolaga qarshi chiqishadi?

Bu ish kimga kerak? Buni qilayotganlar oxiratni o‘ylamaydimi? Qiyomat kunida Robbul ‘alamin oldida turishni o‘ylamaydimi? Shu buyuk kunning dahshatidan qo‘rqmaydimi? Axir bu dunyo vaqtinchalik. To‘rt-besh kunlik hayot. Ko‘z ochib-yumguncha o‘tib ketadi. Bizdan oldingilar ham o‘tib ketishdi. Ular kommunizmga xizmat qilaman deb ateist bo‘lishgan, lekin hozir ularning o‘zi ham yo‘q.

Bu dunyo — o‘tkinchi dunyo. Avval yo‘q edik, hozir bor bo‘ldik. Bir tomchi suvdan butun insoniyat yaraldi. Endi yana qayta tirilamiz, Alloh taolo tiriltiradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shuni xabar berganlar.

Shu kunga tayyor bo‘lishimiz kerak. Har kim nima qilsa, o‘zi uchun qiladi. O‘zining nomai a’molini to‘ldiradi. Bilishimiz kerakki, kimki boshqa birovga “namoz o‘qima” desa, u Allohning diniga qarshi chiqayotgan bo‘ladi. Alloh bilan urishyapti, na’uzubillah.

Alloh taolo bundaylarni o‘z holiga tashlab qo‘ymaydi. Bu — Allohning sunnatidir. Yoshlarni namozga, halol va pok hayotga chaqirish kerak. Qani endi barcha insonlar masjidga kelsa, barchasi namoz o‘qisa?

Afsuski, aksincha bo‘lyapti. Bu holat ichimizni achitadi. Alloh hammamizga hidoyat, tavfiq bersin. Allohumma amin.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

2

  • Namoz o‘qimaydigan odamga “Hech bo‘lmasa farzini o‘qi” deb nasihat qilish joizmi?

    April 15, 2025
  • Namoz o‘qiyotgan kishining oldidan o‘tish

    April 14, 2025
  • Namozda zam sura esdan chiqsa

    April 13, 2025
  • Namoz sajdasida , «Subhana Robbiyal A’là» ni aytish esidan chiqib qolsa

    April 13, 2025
  • Balog’atga yetkan bolaning to’liq namoz o’qimasligi

    April 12, 2025
  • Namozdagi hatolik

    April 11, 2025