Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Ismlar >Bolaga “Safiy” deb ism qo‘ysa bo‘ladimi?

Bolaga “Safiy” deb ism qo‘ysa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: May 7, 2025

Savol :

Ustoz, yangi turmush qurganmiz. Bo‘lajak farzandimizga ism tanlash haqida o‘ylayapmiz. Hozirdan orzu qilib ism tanlash to‘g‘rimi? Bolaga “Safiy” deb ism qo‘ysa bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Endi “Safiy” ismiga kelsak — bu erkak ismi bo‘lib, “pok”, “musaffo”, “tanlangan” degan ma’noni bildiradi. Lug‘aviy jihatdan ma’nosi yaxshi, lekin bizning urfimizda unchalik tanish bo‘lmagan ism. Agar urfga qaralsa va odamlar orasida qanday qabul qilinishiga ham e’tibor berilsa yaxshi bo‘ladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ha, oldindan ism tanlab qo‘yish mumkin. Bu yaxshi niyat bilan qilinsa, unda hech qanday zarar yo‘q. Qur’onda ham bu borada misollar bor. Masalan, Yahyo (alayhis-salom) tug‘ilishidan oldin ismi berilgan. Shuningdek, farishtalar Ibrohim (alayhis-salom)ga “Ishoqdan keyin Ya’qub” tug‘iladi deb bashorat berishgan. Demak, bu shariatda qaytarilmagan amallardan hisoblanmaydi.

Endi “Safiy” ismiga kelsak — bu erkak ismi bo‘lib, “pok”, “musaffo”, “tanlangan” degan ma’noni bildiradi. Lug‘aviy jihatdan ma’nosi yaxshi, lekin bizning urfimizda unchalik tanish bo‘lmagan ism. Agar urfga qaralsa va odamlar orasida qanday qabul qilinishiga ham e’tibor berilsa yaxshi bo‘ladi.

Shuningdek, Alloh taoloning go‘zal ismlaridan tarkib topgan ismlar ham juda barakali bo‘ladi: masalan, Abdulloh, Abdurahmon, Abdulhalim, Abdurashid, Abdus-Samad kabi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Shunda 3 taloq tushgan bo’ladimi?

    May 26, 2025
  • Siddiqa deb ism qo’yish.

    May 24, 2025
  • “Musabbiha” deb ism qo‘yish.

    May 13, 2025
  • «Shahriyor» degan ismni o‘zgartirish kerakmi?

    May 9, 2025
  • Qizimga qaysi ismni qo‘ygan yaxshiroq: Nuriniso yoki Safiya?

    May 7, 2025