Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Ba’zi namozlarda qo‘llarni bog‘lamaslik namozni buzadimi?

Ba’zi namozlarda qo‘llarni bog‘lamaslik namozni buzadimi?

Nashr sanasi: March 11, 2025

Savol :

Ustoz, Molikiy mazhabidagi ba’zi namozxonlar qiyomda qo‘llarini bog‘lashmaydi. Buning dalili nima? Bu sunnatga muvofiqmi? Biz ham ba’zi namozlarda qo‘llarimizni bog‘lamasak, namozimiz durust bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Bunga ochiq bir dalil kelmagan. Hatto Imom Molik rahimahulloh “Muvaṭṭo” kitobida: “Odamlar namozda o‘ng qo‘lini chap qo‘l ustiga qo‘yishga buyurilardilar”, deb rivoyat qilganlar.

Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Haqiqatda, Molikiylarda qo‘l bog‘lamasdan, balki tushirib namoz o‘qish mashhur amal hisoblanadi. Madinaga yoki Makkaga haj va umra uchun borganlar ham buni kuzatgan bo‘lishlari mumkin. Molikiy mazhabi keng tarqalgan hududlardan kelgan hojilar qo‘llarini tushirib namoz o‘qiydilar, bog‘lamaydilar. Hatto imom Allohu Akbar desa, odamlar qo‘l bog‘lashsa, ular tushirib o‘qiydi.

Bunga ochiq bir dalil kelmagan. Hatto Imom Molik rahimahulloh “Muvaṭṭo” kitobida: “Odamlar namozda o‘ng qo‘lini chap qo‘l ustiga qo‘yishga buyurilardilar”, deb rivoyat qilganlar.

Ba’zi Imom Molikning as’hoblari esa buni makruh deb ta’kidlaganlar. Nafl namozlarda joiz, lekin farz namozlarda makruh deb aytganlar. Sababi, bu qo‘l bog‘lagan kishi suyanganday bo‘lib qolishidan ehtiyot qilish uchundir, deyishgan. Ammo Molikiy mazhabining yirik olimlari Imom Molikning gaplarini tahlil qilib, bu amaliyot yaxshi sanalgan deb xulosa chiqarganlar va makruh emas deb ta’kidlaganlar.

Ba’zilar esa Imom Molik sinovga uchrab, qamoqda kaltaklanganlaridan so‘ng qo‘llarini bog‘lay olmaganliklari sababli tushirib o‘qiganlarini dalil qilib olishgan. Lekin hadislarning barchasida “o‘ng qo‘l chap qo‘l ustiga qo‘yiladi”, deb ochiq rivoyat qilingan. Imom Buxoriy ham buni rivoyat qilganlar.

Shuning uchun ham qo‘lni tushirib namoz o‘qish sunnat deyilmaydi va amal qilinmaydi. Agar kimdir buni o‘ziga dalil qilib olgan bo‘lsa, ortiqcha bahs-munozaraga kirishmaslik lozim. Qo‘llarni bog‘lash sunnatga ko‘proq muvofiq sanaladi. Lekin kimdir qo‘lini tushirib o‘qisa ham, namozi botil bo‘lmaydi, chunki bu Molikiy mazhabida ruxsat etilgan amaldir.

Vallohu A’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Namoz o‘qimaydigan odamga “Hech bo‘lmasa farzini o‘qi” deb nasihat qilish joizmi?

    April 15, 2025
  • Namoz o‘qiyotgan kishining oldidan o‘tish

    April 14, 2025
  • Namozda zam sura esdan chiqsa

    April 13, 2025
  • Namoz sajdasida , «Subhana Robbiyal A’là» ni aytish esidan chiqib qolsa

    April 13, 2025
  • Balog’atga yetkan bolaning to’liq namoz o’qimasligi

    April 12, 2025
  • Namozdagi hatolik

    April 11, 2025