Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Bankga pul qo’yib undan foyda olish joizmi?

Bankga pul qo’yib undan foyda olish joizmi?

Nashr sanasi: December 28, 2024

Savol :

Ustoz, bir ayol Amerika bankiga 20 ming AQSh dollar qo‘yib, 1 yildan keyin pulini to‘liq qaytarib olgan. Lekin bank bu pulni depozit hisobiga qo‘yganligi uchun, pul o‘z-o‘zidan ko‘payib, natijada to‘rt yuz dollar qo‘shilib qolgan. Endi kun ora, pul qo‘ygan ayolning telefoniga: “Pulingiz miqdori shuncha bo‘libdi,” deb SMS kelmoqda. Ayolning bu pulni olish niyati yo‘q. Savolim: bu pulni olib, hech qanday ajr umid qilmay, ehson deb hisoblamasdan, kofirlarga qolganidan ko‘ra biron bir qiynalgan musulmonga yuborishi joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Ehtiyot bo’lish maqsadida olmagani afzal, ammo u pullarni musulmonlarni umumiy manfaatiga sarflasaham bo’ladi.

Bismillah,

Alloh ta`ologa hamd sanolar, undan keyin payg`ambar bo`lmaydigan payg`ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomat ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo`lsin.

Avvalambor, kishi hech qachon pulini riboviy banklarda saqlamasligi kerak. Asl hukm shunday. Illo, zarurat bo‘lsagina joiz deyishadi ulamolar. Chunki ribo bilan shug‘ullanuvchi banklar odatda pul olib, unga qanchadur foiz qo‘shib qaytaradi. Shu tarzda, bankga qo‘yilgan pul boshqa odamlarga ribo asosida beriladi. Shuning uchun banklarga pul qo‘ymaslik kerak.

Endi, kimdir pulini xavfsiz saqlay olmasa, o‘g‘irlatib qo‘yish yoki brovlar tortib olish xavfi bo‘lsa, shunday bir aniq sabablar mavjud bo‘lsa, riboviy banklarda saqlash mumkin deyishgan. Agar islomiy bank topilmasa, zarurat yuzasidan riboviy bankda saqlashga ruxsat berilgan.

Agar bunday holatda riboviy banklardan foyda tushsa, bu pulni olish joizmi?

Masalan, 400 dollar foyda tushgan bo‘lsa, uni ishlatish joizmi yoki yo‘qmi, bu masalada ulamolar orasida ixtilof bor. Ular ayrim shartlar asosida olish mumkinligini aytishgan.

Shartlari:

1. Kofirlarda qolish xavfi: Agar pul bankda qolsa, kofirlar uni kanisalarga (cherkovlarga) yoki musulmonlarning zarariga ishlatishi mumkin. Bunday holatda uni olib, qiynalgan musulmonlarga yoki jamoat manfaatiga sarflash afzal.
2. Faqirlarga yoki umumiy manfaatga sarflash: Ba’zilar bu pulni miskin va faqirlarga berish mumkin deydi, chunki ular uchun bu pul halol. Boshqalar esa, bu pulni faqat hojatxonalar qurilishi yoki yo‘llarni ta’mirlash kabi umumiy manfaatli ishlar uchun sarflash mumkinligini aytishgan.
3. Shartlashilgan ribo haromligi: Ulamolarning bir qismi riboviy banklarda tushgan foydani olish mumkin emasligini aytishgan, chunki Alloh taolo Qur’onda: “Riboning qoldig‘ini tark qilinglar,” degan. Shuning uchun ribo foydasini olish bu buyrug‘ga zid bo‘ladi.

Qo‘shimcha nuqtalar:

• Alloh ribo foydasini yo‘q qiladi: Agar pul kofirlarda qolsa ham, uning barakasi bo‘lmaydi, chunki Alloh taolo riboni foydasini yo‘q qilaman deb aytgan.
• Sadaqa qilinsa, qabul qilinmaydi: Hadisda aytilganidek: “Alloh pokdir va faqat pok narsani qabul qiladi.” Shuning uchun ribodan kelgan foydani sadaqa qilish Alloh nazdida qabul qilinmaydi.
• Nafs g‘olib kelishi mumkin: Agar ribo foydasi olinsa, inson uni o‘z ehtiyojiga yoki o‘ziga yaqin kishilarga sarflash xavfi bor. Shuning uchun nafsni vasvasalardan himoya qilish uchun bunday pullarni olmaslik afzal.

Xulosa:
Ehtiyot bo‘lish uchun bunday pullarni olmaslik va riboviy banklarga umuman yaqinlashmaslik ma’qul. Ammo, agar u pulni olib, faqirlarga yoki musulmonlarning umumiy manfaatiga sarflasa, bu ham mumkin.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Qur’on tilovatidan keyin uning savobini boshqalarga bag‘ishlash joizmi?

    January 7, 2025
  • Jannatdagi hurlar kimga beriladi.

    January 7, 2025
  • Insonni protezlari bilan dafn qilish hukmi.

    January 7, 2025
  • Akaning o‘gay o‘g‘li mahram hisoblanadimi?

    January 6, 2025
  • Islomiy ismni boshqa bir islomiy ismga o‘zgartirish hukmi.

    January 6, 2025
  • Qorin bilan uxlash (qorinda yotib uxlash) mumkinmi?

    January 6, 2025