Ayolning solih amalida hissasi bo‘lsa — ha, erga ham ulush borib turadi. Agar hissador bo‘lsa. Ammo agar hissador bo‘lmasa, bu ayolning solih amali faqat o‘ziga tegishli bo‘ladi. Chunki er bo‘lish, albatta, uning amallariga sherik bo‘ldi degani emas.
Agar er xotiniga solih amal qilishi uchun sharoit yaratib bergan bo‘lsa, masalan, uni o‘qishga, ilm olishga, Qur’on yodlashga, ibodat qilishga, xayrli ishlar qilishga rag‘batlantirgan, yordam bergan bo‘lsa — u holda erga ham ajr bo‘ladi. Ya’ni er o‘sha solih amalga sababchi yoki hissador bo‘lsa, o‘sha hissasi darajasida ajr oladi.
Ammo har bir inson o‘z amali bilan mukofotlanadi. Boshqaning qilgan amali, agar unda hech qanday ishtiroki bo‘lmasa, unga ajr olib kelmaydi. Chunki bu Alloh taoloning qo‘ygan sunnati, qonuni: har bir inson faqat o‘zining qilgan amali evaziga ajr oladi.
Masalan, farzand otasiga ajr olib keladi, chunki u farzandni tarbiyalagan, o‘stirgan, unga sababchi bo‘lgan. Ya’ni otaning unda hissasi bor. Shuning uchun o‘sha farzandning solihligi otasiga ham ajr olib keladi. Ammo er xotinining amallariga sababchi bo‘lmasa, u holda o‘sha amal faqat xotinga yoziladi.
Shunchaki er bo‘lish bilan avtomatik tarzda xotinining amallaridan ajr olish degani emas. Har bir inson o‘z amalining natijasini oladi. Hissasi bo‘lsa — ajr bor. Hissasi bo‘lmasa — yo‘q. Bu Alloh taoloning adolatli tartibi.
Vallohu a‘lam.