Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Ayol kishi hayit namozini uyda o’qishi.

Ayol kishi hayit namozini uyda o’qishi.

Nashr sanasi: January 22, 2025

Savol :

Ustoz, ayol kishi hayit namozini bir o‘zi, yakka holatda uyda o‘qishi joizmi?



Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Imkoni bo‘lsa, masjidda o‘qisin. Agar imkoni bo‘lmasa, uyda yolg‘iz o‘qish ulamolar tomonidan man etilgan.

Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Aslida, hayit namozi shahar yoki qishloq masjidlarida ayollar uchun ham o‘qiladigan bo‘lsa, imkon qadar ayollar bu namozga borishlari kerak. Agar ayollar uchun maxsus joy yoki namozxona ajratilgan bo‘lsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday holatda, hatto namoz o‘qimaydigan, uzrli ayollarni ham chiqishga buyurganlar. Buning sababi — ular hech bo‘lmaganda yaxshilikka va musulmonlarning duosiga sherik bo‘lishlari uchun. Uzrli ayollar namoz o‘qiladigan joydan chetlanib turadilar, ammo ular ham duolarga va yaxshilikka guvoh bo‘ladilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hatto ustiga yopinchig‘i bo‘lmasa ham, vaqtincha dugonasidan so‘rab olib bo‘lsa-da, chiqishini tavsiya qilganlar. Bu holatdan ko‘rinib turibdiki, hayit namoziga chiqish imkoniyati bo‘lgan ayollar bu imkoniyatdan foydalanishlari juda muhim.

Agar yaqin atrofdagi masjidlarda ayollar uchun alohida joy ajratilmagan bo‘lsa va “uyda o‘qisa bo‘ladimi?” degan savol tug‘ilsa, ulamolar bir ovozdan bunday qilmaslikni tavsiya qilganlar. Chunki hayit namozining yakka holda yoki alohida o‘qilishi haqida hech qanday dalil vorid bo‘lmagan. Ayollar bu namozni erkaklarga tobe holda, jamoat bilan birga o‘qiydilar. O‘zaro jamlanib, ichlaridan birini imomlikka qo‘yish yoki o‘zlari yakka holda o‘qishi sunnatda keltirilmagan.

Shuning uchun imkon bor joylarda ayollar masjidga borib, jamoatga qo‘shilishlari afzal. Agar masjidga chiqish imkoniyati bo‘lmasa, uyda hayit namozini o‘qish shariatda ko‘zda tutilmagan.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Karnay orqali azon eshitilsa, masjidga borish vojib bo‘ladimi?

    July 22, 2025
  • 12 yoshdaman, juma namoziga chiqishim vojibmi?

    July 17, 2025
  • Namoz o‘qishni yangi o‘rganayotgan ayolim orqamda turib namoz o‘qisa, qabul bo‘ladimi?

    July 9, 2025
  • Peshin namozining avvalidagi to‘rt rakat sunnatini ikki rakat qilib o‘qisam bo‘ladimi?

    July 9, 2025
  • Namozda peshob kelgandek tuyilaversa, nima qilish kerak?

    July 7, 2025
  • Bomdod sunnatini Farzidan keyin o’qisa bo’ladimi?

    July 4, 2025