Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Asrab olingan bola balog‘atga yetgan bo‘lsa, uni qanday mahram qilish mumkin?

Asrab olingan bola balog‘atga yetgan bo‘lsa, uni qanday mahram qilish mumkin?

Nashr sanasi: July 8, 2025

Savol :

Ustoz, asrab olingan bola balog‘atga yetgan bo‘lsa, uni mahram qilishning qanday yo‘llari bor?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Jumhur (aksar) ulamolar va to‘rt mazhabga ko‘ra, balog‘atga yetgan asrab olingan bola uyning ayollariga nomahram hisoblanadi va uni mahram qilishning yo‘li yo‘q. Biroq Oisha onamiz (r.a.) va Ibn Taymiyya (r.h.) fikricha, agar kuchli zarurat bo‘lsa (masalan, bola uyda katta bo‘lib qolgan, chiqarish og‘irlik qilsa), ayol sutini sog‘ib, bolaga besh marta ichirsa — mahramlik hosil bo‘ladi. Bu fikr esa faqat favqulodda holatlarda qo‘llaniladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Jumhur (aksar) ulamolarning fikriga ko’ra, bunday holatda uni mahram qilishning yo‘li yo‘q. Chunki u bola — aslida birovning farzandi, ya’ni nomahram hisoblanadi. Shuning uchun unga aytiladi: “Endi balog‘atga yetding, sen bizga nomahram bo‘lding, bundan keyin Shariat qoidalari asosida yashashimiz kerak.”

To‘rt mazhab ulamolari ham buni tasdiqlagan: balog‘atga yetgan asrab olingan bola uyning ayollariga nomahram hisoblanadi.

Biroq Oisha (r.a.) onamizning fikrlariga binoan bunday holatda mahramlik yo‘li bor. Masalan, Salim ismli bir bola Abu Huzayfa roziyallohu anhuning oilasida o‘sgan. Keyinchalik u balog‘atga yetgach, Abu Huzayfa xotinini undan rashk qila boshlaydi. Shunda Oisha onamiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitgan gaplariga asoslanib: “Uni emiz, u senga mahram bo‘ladi,” deganlar. Shunda Salim o‘sha ayolning sutini ichib, mahramlik hosil qilgan.

Sutni qanday iste’mol qilgani haqida aniq ma’lumot yo‘q, lekin ehtimol sog‘ib berilgan bo‘lsa kerak — Vallohu a’lam.

Ammo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning boshqa xotinlari — Ummahatul mu’minin — bu yo‘lni rad etishgan: “Bunaqa yo’l bilan bizni oldimizga hechkim kirmasin” deganlar.

Ibn Taymiyya rahimahulloh Oisha onamizning ushbu fatvolarini qabul qilgan va agar Salimning holatiga o‘xshagan hol bo‘lsa — ya’ni uyda o‘sgan, endi balog‘atga yetgan, uni uydan chiqarish og‘irlik qiladigan, ruhiy bosim, xafa bo‘lish holatlari yuzaga keladigan bo‘lsa — bunday holatda ayol sutini sog‘ib, 5 marta ichirib, mahramlik hosil qilsa bo‘ladi deganlar.

Ammo to‘rt mazhabga ko‘ra, bu qabul qilinmaydi. Ular “rodo’ — ya’ni sut orqali mahramlik — faqat ikki yoshgacha bo‘lgan chaqaloqqa amal qiladi,” deyishgan. Bu fikrlar asosida “rodo’ al-kabir” (ya’ni katta yoshdagini emizish) masalasi fiqhiy ixtilofga sabab bo‘lgan. Bir tomonda jumhur — bu bo‘lmaydi — deyishadi, ikkinchi tomonda Oisha onamiz va ularga ergashgan Ibn Taymiyya — agar haraj (qiyin, tiqilinch holat) bo‘lsa, bo‘ladi — deganlar.

Shunday ekan, har bir holat alohida baholanadi. Agar chindan ham katta ruhiy zarba bo‘lishi mumkin bo‘lsa, yaqinlik kuchli bo‘lsa, uydan chiqarish mushkul bo‘lsa — Oisha onamiz va Ibn Taymiyaning mazhabiga amal qilinishi mumkin. Lekin bu holat odatiy hol emas, faqat kuchli zarurat bo‘lsa, shunday qilinadi.

Biroq eslatib o‘tish kerakki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning boshqa ayollari bu yo‘lni rad etishgan va to‘rt mazhab ham uni qabul qilmaydi.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Uyni bitishidan avval sotib olish hukmi.

    July 16, 2025
  • Erimdan zaruratim uchun so‘ramay pul olsam bo‘ladimi?

    July 15, 2025
  • Birodarining sirlarini uning ota-onasiga aytish omonatga xiyonat bo‘ladimi?

    July 15, 2025
  • Farzand ota-onasi bilan qanday munosabatda bo‘lishi kerak?

    July 15, 2025
  • “Bir oila buzilishiga sabab bo‘lgan mendan emas” mazmunida hadis bormi?

    July 15, 2025
  • Kofirlar do‘zaxga Uhud tog‘i hajmida kiritiladimi?

    July 13, 2025