Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Ilm >Arab tilini o’rganish uchun qanday maslahat berasiz?

Arab tilini o’rganish uchun qanday maslahat berasiz?

Nashr sanasi: May 4, 2025

Savol :

Ustoz, men bir necha yildan beri arab tilini o‘rganishga harakat qilayapman, lekin mutolaam ochilmayapti. Arab tilida matn o‘qishni (mutolaani) osonlashtirish uchun eng samarali uslubni maslahat bering.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ilmni o‘rganish siri — uni kichikdan boshlashdir. Kichik va oddiy ilm darakalarini o‘rganish, sizni katta ilmga yetaklaydi. Katta luqmani hazm qilolmay yutib yuborgan odam qanday tiqilib qolsa, ilm ham shunday tiqilib qoladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ha, bu ko‘p uchraydigan savol. Ba’zilar aytganidek, arab tilini o‘rganishda birinchi 20 yil qiyin bo‘ladi, keyin osonlashadi, deyishadi. Albatta, bu hazil, lekin unda haqiqat ham bor. To‘g‘ri uslubda yondashilsa, 1,5–2 yilda yaxshi darajada mutolaa qilishga erishish mumkin.

Eng avvalo shuni aytish kerakki, arab tilida mutolaaga kirishish eng sodda matnlar bilan boshlanishi kerak. Bu tilda o‘zlashtirishda eng muhim omil — og‘ir emas, oson hazm bo‘ladigan matnlar bilan ishlashdir.

Xuddi bolalar birinchi sinfda “ona”, “non”, “kitob” kabi so‘zlar bilan yozishni o‘rganib, asta-sekin yuqori sinflarga chiqib ketgani kabi, arab tilini o‘rganishda ham shunday bosqichma-bosqichlik muhim.

Qadam-baqadam yondashuv:

  1. Oson darsliklar bilan boshlang: Mabda’ul-Qiroa (Mabādi’ul Qirā’ah) kabi boshlang‘ich darsliklar bilan bir kunlik bir dars olib, so‘zlarni yodlash, iboralarni tarjima qilish, mashqlarni bajarish bilan boshlang. Har kuni oz-ozdan lekin doimiy ishlang.

  2. Ustoz bilan ishlang: O‘zingizga tajribali, sabrli va darsni bosqichma-bosqich o‘rgatadigan ustoz toping. Bu — o‘rganishning eng katta kafolati.

  3. Nahv va sarfni bosqichma-bosqich tushunib o‘rganing: Avval o‘zbek tilidagi nahv-sarf darsliklaridan boshlang. Qoidalarni faqat yodlamasdan, tushunishga harakat qiling. Keyin esa ularni E‘rob (tahlil)da qo‘llab amaliyotga o‘ting.

  4. Og‘ir matnlarni erta boshlamang: Talabalikda qilinadigan eng katta xato — darrov murakkab kitoblarga o‘tish. Buning natijasida charchash, tushunmaslik va hattoki ilm olishdan sovib qolish holatlari ko‘p kuzatiladi.

Oldinlari ba’zi madrasalarda yangi kelgan talabalarni darrov “Kofiya”ga (murakkab nahv kitobiga) tushirishgan. Holbuki, bu metod noto‘g‘ri. Talaba o‘z darsini tushunmaydi, yuragida qo‘rquv va tushunmovchilik ortadi. Natijada na arab tili ochiladi, na fiqh, na boshqa fanlar.

Ilmni o‘rganish siri — uni kichikdan boshlashdir. Kichik va oddiy ilm darakalarini o‘rganish, sizni katta ilmga yetaklaydi. Katta luqmani hazm qilolmay yutib yuborgan odam qanday tiqilib qolsa, ilm ham shunday tiqilib qoladi.

Shuning uchun mening maslahatlarim quyidagilar:

  • Pastdan boshlang, bosqichma-bosqich chiqing.

  • Yaxshi ustoz toping.

  • O‘z ustingizda har kuni ishlang.

  • Biror darsni yaxshi tayyorlab, topshirish odatini shakllantiring.

Shunda, Allohning izni bilan, 1,5–2 yilda arab tilida mustaqil mutolaa qilishga erishasiz, in shā Alloh.

Alloh sizga foydali ilm, baraka va mustahkam irodani ato qilsin.
Allohumma āmīn.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Avval arab tilini o‘rgangan ma’qulmi yoki Qur’onni yodlaganmi?

    May 29, 2025
  • Balog‘atga yetgan o‘g‘illarim uchun qaysi yo‘l afzal: ishlashmi yoki ilm olishmi?

    May 2, 2025
  • Ilm olishga qiziqishi yo‘q farzandni otasining tinmay koyishi.

    April 22, 2025