Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Amakim vafot etgan, uning yetim farzandlari bor. Buvamning hovlisida yashashyapti. Hali buvam tirik. Bu hovlida u farzandlarning haqi bormi?

Amakim vafot etgan, uning yetim farzandlari bor. Buvamning hovlisida yashashyapti. Hali buvam tirik. Bu hovlida u farzandlarning haqi bormi?

Nashr sanasi: May 24, 2025

Savol :

Amakim vafot etganiga 15 yil bo‘ldi, 3 nafar farzandi bor. Amakim vafot etgan vaqtda bolalari yosh bo‘lgan. Hozir katta bo‘lishgan, uy-joyi yo‘qligi sabab uylana olmay yurishibdi. Buvam hayot, katta hovlida kichik amakim bilan turishadi. Shu uyda amakim o‘g‘illarining haqqi bormi, yo‘qmi? Buvamga aytsam: «Tog‘asi uy olib bersin», deyapti. Agar shu hovlida ularning ham haqqi bo‘lsa, bu yetimlar haqqini yeyishga kirmaydimi? Amakim va buvamga nasihat qilsangiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qisqacha javob’ Uy boboniki bo‘layotgan bo‘lsa, hozircha u yerda vafot etgan amakining farzandlarining haqi yo‘q. Qachonki bobo vafot etsa, o‘shanda meros masalasi ko‘tariladi. Hozircha bu yer meros hisoblanmaydi. Shuning uchun, hozirgi holatda bu uyda ularning shariy haqi yo‘q.

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi Payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo‘lsin.

Endi, avvalambor, u uy buvongaki bo‘lsa kerak. Endi amakiz o‘lib ketgandan keyin buvoning bitta o‘g‘li o‘ldi, misol uchun. Bu yerda hozir meros degan haqqi yo‘q uning, chunki u o‘lyapti. Meros degani buva oldin o‘lishi kerak edi. Buva o‘lsa, o‘sha amakizni bu uyda haqqi bo‘lib, bu amakining haqqi yetimlarga o‘tgan bo‘ladi.

Ammo bu yerda hali buva tirik ekan, bunday bo‘lgandan keyin u bolalar, ya’ni birinchidan, yetim ham deyilmaydi. Ular, chunki hozir 15 yil bo‘lgan bo‘lsa, voqega yetib katta bola bo‘lib qolgan. Ular endi o‘zini aravasini o‘zi tortishi kerak-da, bu buvaga bu yerda osilmasdan.

O‘zining tirikchiligini qilsin, o‘zi uy olsin, ishlasin, hunar o‘rgansin. Endi buva bilan buvani boshqa o‘g‘illari ularni ko‘chaga haydamay, o‘z bag‘riga olishi — bularning vazifasi o‘zi aslida. Holatini bilmayman, nimadan kelib chiqib bular bunday qilyapti, lekin uyga deyayotgan bo‘lsa, uyga haqqi yo‘q ularning.

Chunki uy boboniki bo‘layotgan bo‘lsa, uyga haqqi yo‘q ularning. Qachon bobo o‘lsa, undan keyin uyga meros masalasi bo‘yicha ko‘tariladi. U — boshqa gap bo‘ladi. Lekin hozirgi holatda uyga ularning haqqi yo‘q. Shuning uchun, agar meros uyi masalasidan so‘ralayotgan bo‘lsa, javob shu.

Ammo ularni bobo nuqtai nazaridan va amakilik nuqtai nazaridan ularning jiyani bu kishi — nevarasini o‘z qaramog‘iga olishi vojib bo‘lardi. Endi ular voyaga yetgan bo‘lsa, bu ham vojib ham emas, ya’ni ular o‘zi o‘zining hayotini o‘zi ko‘rishi kerak bo‘lgan holatda bo‘ladi.

Alloh fazlini so‘rasin. Alloh taolo o‘zi yordam beradi. Dunyo keng, imkoniyatlar katta. Faqatgina ishlatish kerak. Ya’ni bunaqa holatlarda bir yaxshilab Allohdan so‘rab harakat qilinsa, Alloh biror joylardan o‘zi ochib beradi. Alloh muvaffaq qilsin.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ko‘chada namoz o‘qish imkoniyati yo‘q bo‘lsa, ayol namozni jamlasa bo‘ladimi?

    May 26, 2025
  • Qattiq g‘azab yoki sehr ta’sirida berilgan taloq shariatda o‘tadimi?

    May 26, 2025
  • Xaridor uyimni bank krediti orqali olmoqchi. Men bu holda sotishim joizmi?

    May 24, 2025
  • Jamoat namozida bir rakatni unutib salom bergan kishi: qaytib o‘qisa namozi sahih bo‘ladimi?

    May 24, 2025
  • Er ayoli uyda bo‘lmasa ham uning navbatida o‘sha uyda qolishi adolat sanaladimi? Ayolining rozi bo‘lmasligi xatomi?

    May 23, 2025
  • “Qaynonamga yordam berganimda savdo pulidan foydalandim — hozir uni qaytarishim kerakmi?”

    May 22, 2025