Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Akaning uka ustida qancha haqqi bor?

Akaning uka ustida qancha haqqi bor?

Nashr sanasi: April 8, 2026

Savol :

Akaning uka ustidagi haqqi qancha? Ba’zilar: “Ota-onaning farzand ustida qancha haqqi bo‘lsa, akaning ham uka ustida shuncha haqqi bor”, deyishmoqda.

Ota-ona farzandini muboh ishga buyursa, farzand itoat qilishi kerak. Aka buyruq bersa, uka ham uni bajarishi vojibmi? Holbuki, aka namoz o‘qimaydi, halol-haromga unchalik rioya qilmaydi.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Yo‘q, albatta, aka ota o‘rnida deyiladi — hurmat jihatidan. Lekin haq-huquq jihatidan ota bilan teng emas.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Yo‘q, albatta, aka ota o‘rnida deyiladi — hurmat jihatidan. Lekin haq-huquq jihatidan ota bilan teng emas. Alloh taolo ibodatdan keyin darhol: “Ota-onalaringizga yaxshilik qilinglar”, deb buyuradi. Demak, ota-onaning o‘rni alohida.

Agar farzand balog‘atga yetgan bo‘lsa, aka bilan uka bir-biriga teng hisoblanadi. Ya’ni ular o‘zaro hurmat, izzat, mehr va muruvvat bilan muomala qiladilar. Aka ukasiga qanday bo‘lsa, uka ham akasiga shunday bo‘lishi kerak — bu ikki tomonlama.

Lekin aka: “Men sening o‘rningda otadekman”, deb uning ustidan hukmronlik qilishi yoki moliga egalik qilishi mumkin emas. Masalan, aka qiynalib qolsa, ukasining molini so‘ramasdan ola olmaydi. Ota esa olishi mumkin.

Rasululloh ﷺ dedilar:
“Sen ham, moling ham otangnikidir.”

Hatto fiqhda shunday hukm bor: agar ota o‘z farzandini o‘ldirib qo‘ysa, undan qasos olinmaydi. Ammo aka ukasini o‘ldirsa, undan albatta qasos olinadi.

Demak, bu jihatdan ham aka hech qachon ota o‘rnini bosa olmaydi.

Lekin agar farzand hali kichkina bo‘lsa, balog‘atga yetmagan bo‘lsa, unda aka uning valiyi bo‘lishi mumkin. Shu holatda bola akasining gapiga yuradi. Bu esa uning balog‘atga yetguniga qadar davom etadi.

Balog‘atga yetgandan keyin esa aka valiylik maqomidan chiqadi. Endi u mustaqil shaxs hisoblanadi.

Shuning uchun aka-uka o‘rtasidagi munosabat — silai rahim, muruvvat va insoniylik asosida bo‘ladi. Bu ota-bola munosabati darajasida emas.

Aka ukasining molini otadek ishlata olmaydi. Aka ukasini o‘ldirsa, undan qasos olinadi. Bu ham aka otaning o‘rnini bosa olmasligini ko‘rsatadi.

Lekin baribir aka-uka:

  • bir-birini hurmat qilishi
  • yaxshilikda yordam berishi

bu shariat ko‘rsatmalaridandir.

Aqlli inson o‘z akasini hurmat qiladi, uning gaplarini eshitadi — albatta, agar bu gaplar shariatga zid bo‘lmasa.

Ba’zi akalar bor — namoz o‘qimasa ham, shariatni to‘liq tushunmasa ham, ukasiga mehribon, uni himoya qiladi, hayotda bosh bo‘lib yuradi. Bunday holatda uka ham o‘z o‘rnini bilib, akasini hurmat qilsa, ishlar yaxshilik bilan davom etadi.

Agar esa: “Siz menga otam emassiz, siz menga xo‘jayin emassiz”, desa — bu shayton xohlagan narsadir. Shayton shu orqali qarindoshlik rishtalarini uzishga harakat qiladi.


Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026
  • Qanday holatlarda qarz olish joiz bo‘ladi?

    April 5, 2026
  • Folbinlikdan tavba qilgan kishiga shar’iy jazo qo‘llanadimi?

    April 5, 2026
  • Ziqna erga nasihat qiling.

    April 5, 2026
  • “Bir gunohni qilsam, 3 kun ro‘za tutaman” deb qasam ichgan va ro‘zalari yillarga teng bo‘lib ketgan odam nima qiladi?

    April 2, 2026
  • Kuyovimning o‘g‘li o‘zining onasi bilan emas, qizim bilan yashashi to‘g‘rimi?

    March 31, 2026