Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Agar xufton vaqti 21:30 da, bomdod esa soat 2:00 da kirsa, bu ikki namozni jamlab o‘qish joizmi?

Agar xufton vaqti 21:30 da, bomdod esa soat 2:00 da kirsa, bu ikki namozni jamlab o‘qish joizmi?

Nashr sanasi: June 18, 2025

Savol :

Men Rossiyaning Xabarovsk shahridaman. Bu yerda xufton vaqti 21:30 da kiradi, bomdod esa soat 2:00 da. Shu holatda “namozlarni jamlab o‘qish mumkin” degan asos bilan shom va xufton namozlari jamlab o‘qilmoqda. Shu ish to‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qur’onda aytilgan: “Inna-s-solāta kānat ‘ala-l-mu’minīna kitāban mawqūta.” “Albatta, namoz mo‘minlarga belgilangan (aniq) vaqtlarda farz qilingandir.” Shuning uchun namozlarni o’z vaqtida o’qish farzdir.

Bismillahir rohmanir rohiym. Alhamdulillah, vassalotu vassalamu ‘ala rasulillahi, amma ba’d.

Ya’ni nima bo‘lganda ham, namoz vaqtlari aniq belgilangandir. Masalan, hozir xufton soat 21:30 da kirsa, bomdod esa 2:00 da kirmoqda. Endi, bomdod vaqti kirishi bilan u darrov chiqib ketmaydi, u ham bir necha soat davom etadi. Masalan, bomdod kirgandan keyin uni o‘qishga bir yarim soatcha vaqt bo‘ladi. Agar bu orada uxlab olish uchun kamida to‘rt soat vaqt qolayotgan bo‘lsa, bu holat yetarli hisoblanadi.

Shunday bo‘lsa, xuftonni o‘z vaqtida o‘qib, bir oz uxlab turib, so‘ng bomdod namozini vaqtida ado qilish mumkin. Bu uchun xufton va shomni jamlab o‘qishga izn berilmaydi.

Shom va xufton namozlarini jamlab o‘qishga zarurat bo‘lmasa, bunday qilish joiz emas. Chunki Qur’onda aytilgan:

“Inna-s-solāta kānat ‘ala-l-mu’minīna kitāban mawqūta.”
“Albatta, namoz mo‘minlarga belgilangan (aniq) vaqtlarda farz qilingandir.”
(Niso surasi, 103-oyat)

فَإِذَا قَضَيْتُمُ ٱلصَّلَوٰةَ فَٱذْكُرُوا۟ ٱللَّهَ قِيَـٰمًۭا وَقُعُودًۭا وَعَلَىٰ جُنُوبِكُمْ ۚ فَإِذَا٣

ٱطْمَأْنَنتُمْ فَأَقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ ۚ إِنَّ ٱلصَّلَوٰةَ كَانَتْ عَلَى ٱلْمُؤْمِنِينَ كِتَـٰبًۭا مَّوْقُوتًۭا

Demak, namozlarni belgilangan vaqtlarida o‘qish farzdir. Vaqti belgilangan bo‘lsa, hatto kechasi qisqa bo‘lsa ham, shom, xufton va bomdod namozlarini har birini o‘z vaqtida ado qilish kerak.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Namozda Fotiha surasini imomdan avval tugatish hukmi.

    October 4, 2025
  • Sajdada oyoq barmoqlari yerdan uzilsa namoz buziladimi?

    October 1, 2025
  • Imom namoz yarmida tahorati yo‘qligini eslasa, nima qiladi?

    September 14, 2025
  • Bir kishi bir namozda ikki jamoatga imom bo‘lishi.

    September 13, 2025
  • Ayollar namozxonasi masjiddan ajralgan bo‘lsa, imomga iqtido qilsa bo‘ladimi?

    September 11, 2025
  • Imom bilan muqtadiylar orasida qancha masofa bo‘lishi kerak?

    September 7, 2025