Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Ro’za >Qazo ro‘zalarni qanday tutish kerak?

Qazo ro‘zalarni qanday tutish kerak?

Nashr sanasi: April 17, 2026

Savol :

Ustoz, mening ikki yillik qazo ro‘zam bor. Birinchi yil homilador edim, ikkinchi yil emizikli edim. Farzandim endi yoshiga yetdi, hozir ro‘za tutishni boshlayapman. Xo‘jayinim ko‘pincha ishda bo‘ladi, gohida bir kun uyda bo‘lib qoladi, shunda ro‘za tutolmay qolaman.

Shuning hukmi qanday? Qazo ro‘zasini xuddi asliday qilib tutish kerakmi yoki nafl ro‘zalarni qazo kuniga hisoblab tutsa ham bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qazo ro‘zalarni tutishda muayyan bir kun shart emas, tutaverasiz. Masalan, o‘sha nafl kunlariga to‘g‘irlab tutsangiz ham bo‘ladi, dushanba–payshanba kunlari qilib tutsangiz ham bo‘ladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Qazo ro‘zalarni tutishda muayyan bir kun shart emas, tutaverasiz. Masalan, o‘sha nafl kunlariga to‘g‘irlab tutsangiz ham bo‘ladi, dushanba–payshanba kunlari qilib tutsangiz ham bo‘ladi.

O‘sha eringiz bor paytlarga mo‘ljallamay, imkon bo‘lgan paytlarni tanlab tutganingiz yaxshi. Yoki qish paytlarini mo‘ljallab, kunlar qisqa bo‘ladigan vaqtlarni tanlab, imkon borida yengil-yengil qilib tutib olishingiz ma’qul.

Bunda shariatda hech qanday ko‘rsatma yo‘qki, uni qiynalib tutsin, paydar-pay tutsin, ketma-ket tutsin, degan joyi yo‘q.

Shuning uchun nafl kunlariga to‘g‘rilab, o‘zingizga qulay va oson paytlarda tutishingiz mumkin. Bu o‘zi uchun yengil ham, yaxshi ham bo‘ladi.


Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Uylanmagan bo‘ydoq shahvati tufayli ro‘zasini buzsa, 60 kun qazo tutadimi?

    January 10, 2026
  • Nazr qilingan ro‘zani ketma-ket tutish kerakmi?

    December 24, 2025
  • Yuzlab marta buzilgan qasam uchun qanday ro‘za tutish mumkin?

    October 6, 2025
  • Ashuro ro‘zasi fazilatlari

    July 4, 2025
  • Qazo ro’zasini tutish muddati

    May 21, 2025
  • “Qand kasalligim bor, ba’zida ro‘za tuta olmayman — fidya to‘lashim shartmi?”

    May 14, 2025