Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday marhamat qiladi:
وَإِذَا سَأَلَكَ عِبَادِي عَنِّي فَإِنِّي قَرِيبٌ ۖ أُجِيبُ دَعْوَةَ الدَّاعِ إِذَا دَعَانِ ۖ فَلْيَسْتَجِيبُوا لِي وَلْيُؤْمِنُوا بِي لَعَلَّهُمْ يَرْشُدُونَ
(Surah Al-Baqarah, 2:186)
(Ey Muhammad), bandalarim sizdan Men haqimda so‘rasalar, Men ularga yaqinman. Menga duo qilgan paytlarida duogo‘ylarining duosini ijobat qilaman. Bas, ular ham Mening (da’vatimga) javob qilsinlar va Menga iymon keltirsinlar. (Shunda) shoyad To‘g‘ri Yo‘lni topsalar.
وَيَسْتَجِيبُ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ وَيَزِيدُهُمْ مِنْ فَضْلِهِ
(Surah Ash-Shura, 42:26)
U iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarning (duolarini) ijobat qilur va ularga (so‘ragan narsalarini ato etib, yana) O‘z fazlu karamidan ziyoda qilur.
وَقَالَ رَبُّكُمُ ادْعُونِي أَسْتَجِبْ لَكُمْ ۚ إِنَّ الَّذِينَ يَسْتَكْبِرُونَ عَنْ عِبَادَتِي سَيَدْخُلُونَ جَهَنَّمَ دَاخِرِينَ
(Surah Ghafir, 40:60)
Parvardigoringiz: «Menga duo-iltijo qilinglar, Men sizlarga (qilgan duolaringizni) mustajob qilurman», dedi. Albatta, Menga ibodat qilishdan kibr-havo qilgan kimsalar yaqinida bo‘yinlarini eggan holda jahannamga kirurlar.
قُلْ مَا يَعْبَأُ بِكُمْ رَبِّي لَوْلَا دُعَاؤُكُمْ
(Surah Al-Furqan, 25:77)
“Agar duolaringiz bo‘lmasa, Robbim sizlarga e’tibor bermaydi.”
Brodarlar!
Qur’oni Karimda Alloh taolo har safar bandalariga duo qilishga buyurib, “sizlar menga duo qilgan paytlaringizda duolaringizni eshitaman” demadi, balki:
“men duolaringizni ijobat qilaman” dedi.
Ammo odamlar aytishlari mumkin:
- Men duo qilaman, lekin Alloh ijobat qilmaydi
- Necha yillardan beri farzand so‘rayman — bermaydi
- Necha yillardan beri kasalligimga shifo so‘rayman — bermaydi
- Uy so‘rayman, mashina so‘rayman — duolarim ijobat bo‘lmaydi
Ibn al-Qayyim rahimahulloh shunday deydilar:
Duo bu quroldir. Bu qurolni ishlatishni bilgan odam uchun foydali bo‘ladi.
Buni tushunishimiz uchun, brodarlar, duo huddi tig‘i juda ham o‘tkir bo‘lgan qilichga o‘xshaydi:
- agar bu qilichni ushlab turgan qo‘lda quvvat bo‘lsa — har qanday narsani kesadi
- agar qo‘lda quvvat bo‘lmasa — uni har qancha ursangiz ham kesmaydi
Yoki yana bir misol:
Bir kishi 2 rakat namoz o‘qidi:
- hamma ruknlariga amal qildi
- vojiblariga amal qildi
- sunnatlariga amal qildi
- hatto butun Qur’onni o‘qib tugatdi
Ammo tahorati yo‘q holatda o‘qidi.
Uning namozi namoz bo‘ladimi? Yo‘q, albatta.
Brodarlar!
Huddi namoz o‘qish uchun shartlar bo‘lganidek:
- tahoratli bo‘lish
- awrat yopilgan bo‘lishi
- qiblaga qarash
duoning ham shartlari bor.
عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ:
قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ:
«إِنَّ اللَّهَ طَيِّبٌ لَا يَقْبَلُ إِلَّا طَيِّبًا، وَإِنَّ اللَّهَ أَمَرَ الْمُؤْمِنِينَ بِمَا أَمَرَ بِهِ الْمُرْسَلِينَ، فَقَالَ تَعَالَى:
يَا أَيُّهَا الرُّسُلُ كُلُوا مِنَ الطَّيِّبَاتِ وَاعْمَلُوا صَالِحًا،
وَقَالَ تَعَالَى:
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا كُلُوا مِنْ طَيِّبَاتِ مَا رَزَقْنَاكُمْ،
ثُمَّ ذَكَرَ الرَّجُلَ يُطِيلُ السَّفَرَ، أَشْعَثَ أَغْبَرَ،
يَمُدُّ يَدَيْهِ إِلَى السَّمَاءِ: يَا رَبِّ يَا رَبِّ،
وَمَطْعَمُهُ حَرَامٌ، وَمَشْرَبُهُ حَرَامٌ، وَمَلْبَسُهُ حَرَامٌ،
وَغُذِيَ بِالْحَرَامِ،
فَأَنَّى يُسْتَجَابُ لَهُ؟»
(Sahih Muslim)
Abu Hurayra (r.a)dan rivoyat qilinadi:
Rasululloh ﷺ dedilar:
Alloh Pokdir va faqat pok narsanigina qabul qiladi. Albatta, Alloh Payg‘ambarlarga buyurgan narsani mo‘minlarga ham buyurdi:
“Ey Payg‘ambarlar, halol-pok taomlardan yenglar va yaxshi amallar qilinglar.”
“Ey mo‘minlar, sizlarga rizq qilib berganimiz pokiza narsalardan yenglar.”
So‘ng Rasululloh ﷺ uzoq safarga chiqqan bir kishini zikr qildilar:
- sochlari tartibsiz
- chang-to‘zon bosgan
- qo‘llarini osmonga ko‘targan
“Parvardigoro! Parvardigoro!” deb duo qilmoqda.
Lekin:
- yegani harom
- kiyimi harom
- harom bilan oziqlangan
Bunday kishining duosi qanday qilib ijobat bo‘lsin?!
Brodarlar!
Bizlar Alloh taoloni:
- sihat-salomatlik paytida
- ishlarimiz yaxshi yurib turgan paytda
- oila a’zolarimiz sog‘-salomat paytda
eslaylik.
Allohning buyruqlariga amal qilaylik.
Keyin Allohdan so‘rasak, holat tili bilan “labbay” deb javob beradi.
Ya’ni, duo qilmasimizdan oldin ham qalbimizni bilib turgan Zot bizga kerakli narsani yetkazadi.
Ammo bizlarning yeganimiz harom bo‘lsa, ribodan pul topsak, riboviy bizneslar qilsak — qanday ijobat bo‘lsin?
فَإِن لَّمْ تَفْعَلُوا فَأْذَنُوا بِحَرْبٍ مِّنَ اللَّهِ وَرَسُولِهِ
(Surah Al-Baqarah, 2:279)
Энди агар (фармонимизни) қилмасангиз, у ҳолда Аллоҳ ва пайғамбари томонидан бўлган урушни билиб қўйинг!
Siz bironta odam bilan urushyapsiz-da, keyin undan:
- menga bitta uy sovg‘a qiling
- menga mashina sovg‘a qiling
- menga pul berib turing
desangiz — bu qanday bo‘ladi?
Bu aqlga to‘g‘ri kelmaydi.
Birinchi siz u Zot bilan orangizni to‘g‘rilashingiz kerak, keyin so‘raysiz.
Va brodarlar, duolarimiz ijobat bo‘lishi uchun bizlar katta gunohlardan pok bo‘lishimiz kerak.
Kichik gunohlarni bilib-bilmay qilib qo‘yishimiz mumkin, ammo katta gunohlardan tavba qilishimiz kerak:
- zinodan
- o‘g‘rilikdan
- sudxo‘rlikdan
- birovga tuhmat qilishdan
- shirkdan
qanday bo‘lishidan qat’i nazar — gunohlardan chetlanishimiz kerak.
Ibodatlarni o‘z vaqtida, Alloh va Uning Rasulining buyurganidek ado qilishimiz kerak:
- namoz
- ro‘za
- zakot
- va boshqa ibodatlar
Va brodarlar, bizlar duolarimizni chin qalbdan, ijobat bo‘lishiga 100% ishongan holda qilishimiz kerak.
Alloh taolo albatta beradi, deb ishonib duo qilishimiz kerak.
Va albatta Alloh taolo beradi.
Va yana brodarlar, duolar ijobat bo‘ladigan vaqtlar ham bor.
Ayrim insonlar aytishlari mumkin:
“Mana musulmonlar va mazlumlar uchun duo qilyapmiz, lekin ular g‘olib bo‘lmayapti, yoki ustlaridan balolar ketmayapti…”…”
“Nusrat qachon keladi? G‘alaba qachon bo‘ladi?”
Brodarlar!
Bizlar haqiqatdan ham shu mazlumlarga Alloh taolo najot berishini xohlaymizmi — yoki faqat og‘zimiz bilan aytyapmizmi?
Agar haqiqatdan xohlasak:
Alloh taolo xohlagan paytda duo qilishimiz kerak
o‘zimizga qulay paytda emas
Budilnikni sahar 2–3 larga qo‘yaylik.
O‘rnimizdan turaylik.
Allohga duo qilaylik.
Yoki hech bo‘lmasa bomdoddan 10 minut oldin turib, 2 rakat namoz o‘qib so‘raylik.
Yoki hech bo‘lmasa bomdodga turib so‘raylik.
Agar duolarimiz ijobat bo‘lishini xohlasak.
Bu huddi shunday misolga o‘xshaydi:
Bir kishi:
“Ey Alloh, menga farzand ber!” deydi.
Ammo unga: “Uylanganmisan?” deyilsa — “yo‘q” deydi.
Hammamiz bilamiz:
Kechaning oxirgi uchdan birida Alloh taolo birinchi osmonga tushadi va aytadi:
- Kim menga duo qiladi — ijobat qilaman
- Kim mendan so‘raydi — beraman
- Kim mag‘firat so‘raydi — kechiraman
Agar haqiqatdan duongiz ijobat bo‘lishini xohlasangiz — turing!
Agar haqiqatdan musulmonlarga Alloh taolo najot berishini xohlasangiz — turing!
Agar haqiqatdan muhtoj bo‘lsangiz — shu ishlarni qiling!
Alloh taolo albatta beradi.
Va yana bundan boshqa duolar ijobat bo‘ladigan vaqtlar ham bor:
- azon bilan iqoma orasida
- sajdada
- Juma kuni
- zamzam ichishdan oldin
- Ramazonda
- Laylatul Qadr kechasida
- yomg‘ir yog‘ayotganda
- Arafotda
- Makka va Madinada
va yana hadislarda kelgan boshqa vaqtlarda qilingan duolar ijobat bo‘ladi.
Allohim!
Qalblarimizni O‘zingga bog‘la,
tilimizni zikring bilan tiriltir,
duolarimizni chin va ixlosli qil.
Allohim!
Rizqimizni halol qil,
haromdan bizni uzoq qil,
duolarimizni ijobat bo‘lishiga to‘sqinlik qiladigan narsalardan bizni pokla.