Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Tovarlarini kreditga sotadigan odamga ijaraga do‘kon berish hukmi.

Tovarlarini kreditga sotadigan odamga ijaraga do‘kon berish hukmi.

Nashr sanasi: August 5, 2025

Savol :

Mening otam o‘ziga tegishli bo‘lgan binoni ta’mirlab, maishiy texnikalar sotadigan bir kishiga ijaraga bergan. Lekin ijaraga olgan odam u texnikalarni kredit asosida sotar ekan. Otamning ijara haqi uchun olgan puli halol bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ha, otangizning olgan ijara haqi halol, in shaa Alloh. Chunki bu yerda otangiz u kishiga maishiy texnikani kreditga sot, deb binoni bergan emas.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ha, otangizning olgan ijara haqi halol, in shaa Alloh. Chunki bu yerda otangiz u kishiga maishiy texnikani kreditga sot, deb binoni bergan emas. U kishi do‘kon qilaman, texnika sotaman deb tushuntirib, oddiy tijorat maqsadida ijaraga olgan.

Endi u do‘koni orqali qanday savdo qilayotgani — masalan, kredit asosida sotayotgan bo‘lsa — bu uning o‘zi bilan mijozlari o‘rtasidagi muomala. Bu muomala shar’iy jihatdan noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin, lekin bu holatda ijara beruvchi — ya’ni otangiz — bu ishda bevosita ishtirok etgan emas.

Shariatda “sadd-uz-zarā’i” degan qoidaga binoan, yomonlikka olib boruvchi yo‘llarni to‘sish kerak, lekin bu qoidada haddan oshilmaydi. Aks holda, hayotda ko‘plab tijorat eshiklari yopilib qoladi va bu esa insonlarga haraj – ya’ni ortiqcha qiyinchilik – tug‘diradi. Alloh taoloning aytishicha:

وَمَا جَعَلَ عَلَيْكُمْ فِى ٱلدِّينِ مِنْ حَرَجٍۢ ۚ

 Va sizga bu dinda hech tanglik qilmadi. 

(Surah al-Hajj, 78-oyat)

Agar bu do‘kon ochiqdan-ochiq harom ishlar bilan shug‘ullansa, masalan, fohishaxona, sharobxona, butgoh yoki boshqa ochiq kufr amallari bajariladigan joy bo‘lsa — unday paytda ijara bergan kishi ham gunohga sherik bo‘ladi.

Ammo bu holatda do‘kon umumiy tijorat bilan shug‘ullanmoqda, faqat ayrim mijozlarga kredit asosida sotuv bo‘layotgan bo‘lsa, bu holatda otangizning ijara olgan puli haromdan bo‘lmaydi, Alloh bilguvchidir.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Uch kishi sheriklik asosida qilayotgan ish haqida.

    September 5, 2025
  • Musulmon kofir yurtda yashasa bo‘ladimi?

    September 4, 2025
  • Tojikistonda “halol” muhri bosilgan kolbasalarni yesak bo‘ladimi?

    September 4, 2025
  • Homilasini tushirgan ayol kafforati uchun nima qilishi kerak?

    September 4, 2025
  • Taloq deb sms yozayotib, fikridan qaytsa taloq tushadimi?

    September 4, 2025
  • Nikohga oid savol.

    September 4, 2025