Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Yarim tungacha dars qilish sunnatga zidmi?

Yarim tungacha dars qilish sunnatga zidmi?

Nashr sanasi: July 31, 2025

Savol :

Men ko‘p farzandli ayolman. Bolalarim hali yosh, kechasi erta uxlab, ertalab ham erta turishadi. Men bolalarimni uxlatib qo‘yib, kechasi ikki-uchgacha dars qilishga harakat qilaman. Xo‘jayinim esa: “Bu ishing noto‘g‘ri, ilmingda baraka bo‘lmaydi. Bu sunnatga muvofiq emas. Sunnatga ko‘ra xuftondan keyin uxlab, tunning yarmida turish kerak”, deydi.

Agar shunday qilsam, bolalarim ham uyg‘onib ketishadi, keyin dars o‘qiy olmayman. Hozirgi holatim sunnatga xilof bo‘lgani uchun ilmimda baraka bo‘lmaydimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Sizda imkon bo‘lsa, xuftondan keyin uxlab, tunning yarmida turishga harakat qiling. Bu sunnatga muvofiq, sog‘lom turmush va barakali ilm yo‘lidir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri “senga baraka bo‘lmaydi” deb aytish qiyin. Lekin xo‘jayiningiz aytayotganidek, sunnatga muvofiq — xuftondan keyin uxlash va tunning yarmida turish — eng afzal yo‘ldir.

Masalan, agar bolalaringiz erta uxlasa, sizda ham imkon bo‘lsa, xuftondan keyin darhol uxlab, tun yarmida turishga odatlanish juda yaxshi. Sog‘liq nuqtayi nazaridan ham, tibbiy tomondan ham bu eng ma’qul yo‘l sanaladi. Mutaxassislar inson uchun eng foydali uyqu aynan xuftondan keyingi uyqu ekanini, bu vaqtda gormonlar ishlab chiqishi va tananing dam olishi tabiiy muvofiqlikka ega ekanini aytishadi.

Agar siz xuftondan keyin uxlab, saharning oxirgi uchdan birida uyg‘onib dars qilsangiz, bu vaqt juda barakali bo‘ladi. Bolalar bu vaqtda uyg‘onmasligi ham mumkin. Siz ham yetarlicha uxlab olgan bo‘lasiz, bomdodga ulgurasiz, hatto undan keyin ham dars qilishga vaqt topasiz.

Siz kechasi dars qilganingizda baribir biror vaqtda uxlaysiz — masalan, kechasi ikki yoki uchgacha dars qilib, undan keyin uxlasangiz ham taxminan 4-5 soat uxlaysiz. Shu uxlash vaqtingizni kechadan saharga ko‘chirsangiz, ya’ni xuftondan keyin uxlab, tun yarmida uyg‘onib dars qilsangiz, o‘sha ilm barakaliroq bo‘ladi, in shā Alloh.

Shuningdek, sahar vaqtining o‘zi Qur’on va ilm uchun eng barakali payt hisoblanadi. Hattoki tahajjud o‘qishga ham muvaffaq bo‘lasiz. Ilmingizda ham baraka bo‘ladi, uyda ham osoyishtalik saqlanadi.

Xulosa: Sizda imkon bo‘lsa, xuftondan keyin uxlab, tunning yarmida turishga harakat qiling. Bu sunnatga muvofiq, sog‘lom turmush va barakali ilm yo‘lidir.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Er ayoliga “ketaver, yashamayman” desa, taloq tushadimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026