Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >O‘lgan odam uchun 3, 7, 20, 40 kunlik, payshanbalik, yil oshi va har yili ehson qilish shariatda bormi? Bularni qilmaslik vahhobiylik bo‘ladimi?

O‘lgan odam uchun 3, 7, 20, 40 kunlik, payshanbalik, yil oshi va har yili ehson qilish shariatda bormi? Bularni qilmaslik vahhobiylik bo‘ladimi?

Nashr sanasi: June 30, 2025

Savol :

Domla, biz tomonlarda o‘lgan odamga 3, 20, 40 va yil oshi qilishadi. Yaqindan «payshanbalik» va har yili o‘lgan kuni ehson qilish urf bo‘lmoqda. Odamlar hatto yetimi borlarnikiga ham borishyapti. Birinchi «payshanbalik» erkak-ayol ko‘pligidan to‘ydek bo‘lyapti. Imomlarimiz lom-mim deyishmaydi, qaytanga o‘zlari ham qatnashadi. Biz gapirsak yoki bu ma’rakalarni qilmasak, «Bular vahhobiy, terrorchi» deb qamatishgacha olib borishyapti. Ustoz, maslahat bering, nima qilaylik?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qisqacha javob; Bu marosimlar shariatda yo‘q, ular bid’at hisoblanadi. Rasululloh ﷺ va sahobalar bunday qilmagan. Diniy idora ham bu ishlar noto‘g‘ri ekanini aytgan. Bularni qilmaslik — sunnatga amal qilishdir, vahhobiylik emas. Haqiqatni tinch, chiroyli so‘z bilan tushuntiring, sabr qiling. Alloh huzurida ajrini olasiz, inshaAlloh.

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi Payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo‘lsin
Endi bu hayotning o‘sha janjarlaridandir. Rasululloh ﷺ Makkada nima qildilar? Qancha — ya’ni vahhobiy, terrorchidan battar gaplarni aytishgan Rasululloh ﷺ ga: sehrgar dedi, majnun dedi, shoir dedi, yolg‘onchi dedi. Hamma gapni gapirishgan.

Lekin Rasululloh ﷺ parvo qilmadilar, sabr qildilar. O‘sha Rasululloh ﷺ ning sunnatini bajaring. Sabr qiling, yaxshi gapiring. Odamlarga tushuntirishga harakat qiling. Inshaa Alloh, Alloh taolo o‘zi bir yaxshiligini ochib beradi, fathlar beradi. O‘zi qalb egasi. Diniy idoradan fatvo chiqqan: bu ishlar bid’at, bo‘lishi mumkin emas deb.

Diniy idoraning fatvosi — men o‘sha paytlarni aniq eslayman — juma tezlashlari kelib, masjidlarda hamma masjidda o‘qib berilgandi: bu ishlar bid’at, qilinmasin deb. Va televizorga muftiy chiqib gapirgan, men o‘zim ko‘rganman. O‘sha paytda muftiy chiqib aytgan: bu ishlar bid’at, shariatda yo‘q, qilinmasligi kerak.

Diniy idoradan fatvolar chiqqan. Endi hozir siz bu narsalarni yo‘q desangiz, odamlar: «Bu vahhobiy, terrorchi», deydi. Aslida bu amallar bilan terrorchilikning nima aloqasi bor? Bu — mantiqsizlik. Tushuntirish kerak. Kim tushunsa, o‘sha orqali ajr bo‘ladi. Payg‘ambarlarning o‘zi yo‘li shu. Nuh (a.s.) 950 yil da’vat qildilar. Nimani gapirdilar? Shu odamlar bilan kurashdilar.

Siz ham shu haq uchun kurashasiz, sabr qilasiz, so‘kish eshitasiz, kaltak yeysiz — sabr qilasiz, ajr olasiz. Lekin shu bilan biror odamga nimadir tushuntira olsangiz — bu katta savob, in shaa Alloh.

Bu — payg‘ambarlarning yo‘li. Amr bil ma’ruf, nahiy anil munkar qilgan odamga albatta bir to‘hmatu shilqimlik keladi. Gapirdingizmi, aytishadi: «terrorchi», «boshqacha» deydi, odamlarni yo‘ldan chiqaradi, deb sotadi. Avval oyat-hadis bilan gapirib yuradi, keyin esa: ichsa bo‘ladi, chaksa bo‘ladi, nima hayoliga kelsa — shuni gapiradi.

O‘zi o‘ylab ham ko‘rmaydi: aytayotgan gapim to‘g‘rimi, noto‘g‘rimi? Bularning hammasi — to‘hma, shilqimlik. Bu — sunnat. Payg‘ambarlarga ham aytilgan. Siz nima qilasiz? Sabr qilasiz.

Qur’onda Alloh aytgan:

فَاصْبِرْ كَمَا صَبَرَ أُولُوا الْعَزْمِ مِنَ الرُّسُلِ   

 “Bas, sabr qil! Ulul-azm payg‘ambarlar sabr qilganidek!”
(Ahqof surasi, 35-oyat)

Boshqa nima ham qilamiz? Sabr qilamiz. Ana shu bilan ajr olasiz. Alloh taolo huzurida martabangiz oshadi. Bo‘lmasa hamma bir xil bo‘lsa, nima ajr olasiz? Odam hayotda nimadir qilishi kerak. Mana shu bilan ajr topasiz. Faqat yaxshilik, nasihat va chiroyli gap bilan odamlarni tushuntirish kerak bo‘ladi.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

-1

  • Bomdod sunnatini Farzidan keyin o’qisa bo’ladimi?

    July 4, 2025
  • Xolavachcha va ammvachchalar ham opa-singil hisoblanadimi?

    July 1, 2025
  • Suv bo‘lsa, uni ataylab to‘kib yuborib tayammum qilsa bo‘ladimi?

    July 1, 2025
  • Ayol kishi paypoqsiz namoz o‘qisa bo‘ladimi?

    July 1, 2025
  • G‘usl vojibligini bilmasdan bir yil namoz o‘qilgan bo‘lsa, nima qilish kerak?

    June 30, 2025
  • Islomda qanday holatlarda o‘lim jazosi qo‘llanadi?

    June 29, 2025