Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Farzand Tarbiyasi >“Ajrashganimiz sababli bolalarim ayolim bilan yashayapti, ularga ilm bera olmayapman. Gunohkor bo’lamanmi?”

“Ajrashganimiz sababli bolalarim ayolim bilan yashayapti, ularga ilm bera olmayapman. Gunohkor bo’lamanmi?”

Nashr sanasi: May 11, 2025

Savol :

Ustoz, ayolim bilan ajrashdim. Ayolim bolalarni o‘zida olib qolmoqchi. Men inshaalloh nafaqasini berib turaman. Lekin bolalarim men bilan birga bo‘lmagani uchun ularga tavhidni o‘rgatolmayman. Buning uchun gunohkor bo‘lamanmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar siz bu borada umuman harakat qilmasangiz, albatta gunohkor bo‘lasiz. Bolalar siz bilan birga bo‘lmasa ham, ularga tavhid va dinni o‘rgatishning boshqa yo‘llarini qidirishingiz kerak: onasi orqali, muallim yollash orqali yoki boshqa vositalar bilan. Sizdan talab qilinadigan narsa — harakatdir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar siz bu borada umuman harakat qilmasangiz, albatta gunohkor bo‘lasiz. Bolalar siz bilan birga bo‘lmasa ham, ularga tavhid va dinni o‘rgatishning boshqa yo‘llarini qidirishingiz kerak: onasi orqali, muallim yollash orqali yoki boshqa vositalar bilan. Sizdan talab qilinadigan narsa — harakatdir.

«Nafaqani berib turaman» deb faqat moddiy taraf bilan kifoyalanish yetarli emas. Nafaqa ularning tanasini boqadi, ammo qalb va e’tiqod — tavhid va tarbiyani talab qiladi.

Shuning uchun, imkoningiz yetganicha ularni islomiy tarbiyalashga harakat qiling. Alloh sizga toqatdan ortiq yuk yuklamaydi. Toqatingizda borini bajarsangiz, Alloh huzurida uzrli bo‘lasiz, inshaalloh.
Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Elektron o‘yinlarga berilib, ibodat va oilani unutish.

    May 9, 2025