Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Ro’za >Ro’za paytida burunga dori sepish

Ro’za paytida burunga dori sepish

Nashr sanasi: May 1, 2025

Savol :

Burnimda kasallik bor, har 4-5 soatda dori sepib turmasam, burnim bitib qoladi va nafas olishda juda qiynalaman. Shu dorilarni sepish ro‘zani buzadimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ro‘zani faqat ovqat yeyish, suv ichish va shahvat ochadi. Bu kabi burun orqali sepiladigan dorilar, agar ehtiyotlik bilan sepilsa va tomoq tomon o‘tmasa, ro‘zani ochmaydi.

Faqat burunga dori sepishda ehtiyot bo‘lish kerak. Agar dorini ko‘p miqdorda sepib yuborilsa va u tomoq orqali xalqumga o‘tib ketsa, bu holatda ro‘za ochilib qolish xavfi bor. Ammo agar dori burunga sepilib, faqat burun ichida qolsa va tomoq tomon o‘tmasa, ro‘zani ochmaydi.

Chunki bu na ovqat yeyish, na suv ichish, na shahvat bilan bog‘liq holat hisoblanadi. Masalan, ba’zi astma (nafas yo‘llari) kasallari bor insonlar inhalator yoki burni orqali dori sepishadi. Shunga o‘xshagan holatlar ro‘zani ochmaydi. Ro‘zani faqat ovqat yeyish, suv ichish va shahvat ochadi.

Shuning uchun ham bu kabi burun orqali sepiladigan dorilar, agar ehtiyotlik bilan sepilsa va tomoq tomon o‘tmasa, ro‘zani ochmaydi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) og‘izni chayqaganda yoki burunni yuvishda ro‘zador bo‘lsang ehtiyot bo‘l, deb ogohlantirganlar. Chunki suv tomoq orqali o‘tib ketishi xavfi bor. Shunday bo‘lsa, ehtiyotkorlik lozim.

Ammo dori “pssillatib” sepilganda, ya’ni yengil tarzda, u tomoq tomon o‘tmaydi. Mabodo ozgina ta’mi sezilsa ham, tomoqni qirib, tupurib tashlasa bo‘ladi. Muhimi, dori burunda qoladigan darajada ehtiyotkorlik bilan ishlatilsa, ro‘zani ochmaydi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Qazo ro’zasini tutish muddati

    May 21, 2025
  • “Qand kasalligim bor, ba’zida ro‘za tuta olmayman — fidya to‘lashim shartmi?”

    May 14, 2025
  • Tuta olmagan Ramazon oyining qazo ro’zasini tutish tartibi

    April 29, 2025
  • Bomdoddan so‘ng nonushta qilib, tushlik qilmasdan “ro‘za tutdim” deb niyat qilsa bo’ladimi?

    April 22, 2025
  • Etikof qachon ado etiladi?

    March 19, 2025
  • Ramazonda tishni davolash hukmi.

    March 8, 2025