Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Qarzga penya va sud xarajatlarini qo‘shib undirish mumkinmi?

Qarzga penya va sud xarajatlarini qo‘shib undirish mumkinmi?

Nashr sanasi: February 8, 2025

Savol :

Ustoz, bir shirkat bilan bizning shirkat oldi-sotdi qilgan edi. Ammo u shirkat ma’lum sabablarga ko‘ra qarzini to‘lay olmayapti. Endi bizning shirkat uni sudga berib, yurist va sud xarajatlarini hamda o‘tgan vaqt davomida kelib chiqqan xarajatlarni hisobga olib, qarziga qo‘shib, penya qilib undirishimiz mumkinmi?



Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Qarz olgan odamdan vaqtni cho‘zganligi uchun penya olish joiz emas, ammo qarzni undirish uchun advokat yollash yoki boshqa xarajatlar qilingan bo‘lsa, u holda ushbu xarajatlarni qarzga qo‘shish joiz.

Bismillah,
Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Savolda, agar kimdir birovga qarz bergan yoki nimadir sotgan bo‘lsa va qarzdor o‘z vaqtida to‘lamaganligi sababli jarima yoki foiz talab qilinsa, bu ochiq ribo hisoblanadi. Vaqtida to‘lamaganlik uchun qo‘shimcha foiz qo‘shish ribo bo‘ladi. Ammo, qarzni undirish uchun ketgan xarajatlarni (masalan, yurist, advokat yoki boshqa xarajatlar) qarzdordan undirib olish shartnomaga kiritilsa, bu joiz hisoblanadi.

Shayxul Islom Ibn Taymiyya rahimahulloh ham qarzni undirish uchun ketadigan xarajatlarni talab qilish joizligini aytganlar.

Misol:

Agar kimdir qarzini vaqtida qaytarmasa va siz uni undirish uchun transport yollab borsangiz yoki yuristga murojaat qilsangiz, bu xarajatlar ham qarzdordan undirib olinishi mumkin.
Masalan, siz 1000 dollar qarz bergan bo‘lsangiz, uni qaytarib olish uchun 100 dollar sarflagan bo‘lsangiz, qarzdordan 1100 dollar undirib olishingiz joiz. Bu qo‘shimcha foyda emas, balki qarzni undirish uchun ketgan real xarajatdir.

Muhim farq:

Vaqtida to‘lamaganlik uchun jarima yoki qo‘shimcha foiz talab qilish harom va ribo hisoblanadi.
Lekin qarzni undirish uchun ketgan haqiqiy xarajatlarni qarzdordan undirib olish joiz.

Agar qarzdor qarzni to‘lashga qodir bo‘lib turib, ataylab kechiktirayotgan bo‘lsa, uni sudga berib yoki yurist yollab undirish uchun ketgan xarajatlarni qarzdorga yuklash joiz.

Vallohu A’lam

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Sotilgan yer davlat tomonidan olib qo‘yilsa.

    April 19, 2025
  • Ehrom yangi, ya’ni ilgari kiyilmagan bo‘lishi kerakmi

    April 12, 2025
  • Shifokor adashib boshqa tishni olib tashlasa, bu holatda nima qilish kerak?

    April 11, 2025
  • Hijoma ro’zani buzadimi?

    March 6, 2025
  • Kufr diyorlarida kofirlarning molini olish joizmi?

    February 27, 2025
  • Qarzga olingan puldan, foyda chiqarib berish hukmi.

    February 25, 2025