Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Ro’za >Burundan kelgan suv ro‘zani buzadimi?

Burundan kelgan suv ro‘zani buzadimi?

Nashr sanasi: February 7, 2025

Savol :

Ustoz, shamollash sababli burundan keladigan suv ba’zan tomoqga ketib qoladi. Bu suvni ichga yutish ro‘zani buzadimi?



Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Agar balg‘am og‘izga chiqmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomoqqa ketsa, ro‘za ochilmaydi. Ammo agar u og‘izga chiqqanidan keyin yutilsa, ro‘za ochiladi, deydi ulamolar.

Bismillah,
Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Shamollash sababli burundan keladigan suv ichga ketib qolsa, ro‘zasi ochiladimi yoki yo‘qmi? Bu masalada ixtilof bor.

Masalan, balg‘amni yutish ro‘zani ochadimi yoki yo‘qmi, bu ham ixtilofli masala. To‘g‘rirog‘i, agar burundan kelgan suv og‘izga chiqmagan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ichga ketib qolsa, ro‘zani ochmaydi.

Lekin agar og‘izga chiqsa va keyin yutib yuborilsa, ro‘za ochiladi. Shu sababli bunga e’tibor berish kerak: agar og‘izga chiqsa, uni chiqarib tashlash lozim.

Ulamolar og‘izni tananing tashqi qismi deb hisoblashadi. Masalan, ro‘zador kishi og‘izni chayqasa, og‘izga suv kirdi deb hisoblanmaydi. Chunki tahorat paytida og‘iz chayqalanadi, burunga ham suv olinadi, faqat mubolag‘a qilishdan qaytarilgan. Ya’ni, suv tomoqdan o‘tib ketish xavfi bo‘lganligi sababli, mubolag‘a qilinmaydi.

Lekin og‘iz chayqashning o‘zi ro‘zani ochmaydi.

Shundan tushuniladiki, og‘iz tananing tashqi qismiga kiradi. Qachonki suv yoki boshqa biror narsa tananing ichkarisiga kirsa, shunda ro‘za buziladi.

Shunga ko‘ra:
✅ Burundan kelgan balg‘am yoki suv agar og‘izga chiqmasa va to‘g‘ridan-to‘g‘ri yutilsa, ro‘za ochilmaydi.
❌ Agar og‘izga chiqib keyin yutib yuborilsa, bu tashqaridan ataylab yutish hisoblanadi va ro‘za ochiladi.

Vallohu A‘lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Etikof qachon ado etiladi?

    March 19, 2025
  • Ramazonda tishni davolash hukmi.

    March 8, 2025
  • Saharlik qilayotgan paytda azon aytilsa, qanday yo‘l tutish kerak?

    March 4, 2025
  • Ayollar taroveh namozini uyda o‘qishi.

    March 1, 2025
  • Ramazon oyida kun davomida oziq-ovqat sotish hukmi

    February 14, 2025
  • Sha’bon o’yida ro’za tutish hukmi.

    February 13, 2025