Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Ramazon >E’tiqodi yoki mazhabi tufayli yakkalanayotganlar alohida binoni ijaraga olib, taroveh namozini o‘qisa bo‘ladimi?

E’tiqodi yoki mazhabi tufayli yakkalanayotganlar alohida binoni ijaraga olib, taroveh namozini o‘qisa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: February 3, 2025

Savol :

Ustoz, mahalla masjidimizda e’tiqodimiz va mazhabimiz sababli yakkalanib qolgan yigitlar bir imoratni Ramazonga ijaraga olib, o’sha yerda taroveh namozini o’qiymiz. Yig‘ilganlar soni ham 100 kishidan oshib ketadi. Xuftonning farzini ham shu imoratda o‘qishimiz, shuningdek, shu yerda e’tikof o‘tirishimiz shariatga to‘g‘ri keladimi?



Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Farz namozlari masjidda o’qiladi. Tarovehni esa ijaraga olingan joyda o’qish mumkin. E’tikof ham faqat masjidda o’tiriladi.

Bismillah,
Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Mazhabi yoki e’tiqodi sababli alohida jamoat bo’lib ajralib olmaslik kerak. Modomiki, imom va jamoat bir-biridan ajralib ketadigan darajada xato qilmasa, masalan, aqidada, ularning orqasida namoz o’qish mumkin.

Lekin masjiddagi taroveh namozini o’qimagan kishi xatmdan qolib ketishi mumkin. Agar bu birodarlar o’zlari alohida xatm qilishni xohlasalar, hech bo’lmaganda farz namozni jamoat bilan o’qib, keyin alohida xotirjam bo’lib, taroveh namozini o’qishlari mumkin.

E’tikof masalasiga kelsak, e’tikof faqat masjidda o‘tiriladi, deb ko’plab ulamolar fikr bildirganlar. Alloh taolo aytadi:

وَلَا تُبَـٰشِرُوهُنَّ وَأَنتُمْ عَـٰكِفُونَ فِى ٱلْمَسَـٰجِدِ

“Masjidlarda, e’tikofdaligingizda ularga yaqinlik qilmang, mubosharat qilmanglar,” degan.
Demak, masjiddan boshqa joyda etikof qilish mumkin emas.

Shu bilan birga, Hanafiy mazhabidagi ulamolar ayol kishi o’zining uyida alohida bir joyni namozxonaga aylantirib olib, o‘sha yerda etikof qilishi mumkin, deb ruxsat berganlar. Jumhur ulamolar esa faqat masjidda etikof o‘tiriladi deganlar.

Korona davrida masjidlar yopiq bo’lganligi sababli, ixtilof yuzaga kelgan. Masjidlar yopiq bo’lganligi sababli uyda yoki madrasalar namozxonalarida e’tikof o’tirsa bo’ladimi, deb so’raganlarida. Ba’zi ulamolar bunga ruhsat berganlar, ammo boshqalari, masalan, Misr ulamolari, shartlar to‘pilmagan bo‘lsa, bu ishni qilishni joiz emas deb bilganlar. Bu sunnat amal sharti topilsa bajariladi, sharti topilmasa, bajarilmaydi, deb aytganlar.

Vallohu A’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Ramazonda tahajjud o‘qimoqchi bo‘lgan kishi imom bilan vitr o‘qiydimi yoki yo‘qmi?

    February 8, 2025
  • Taroveh namozida kichik suralarni 30 kun davomida o‘qish mumkinmi?

    February 4, 2025