Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Homilador yoki emizikli ayollar ro’zani qanday tutadi

Homilador yoki emizikli ayollar ro’zani qanday tutadi

Nashr sanasi: January 12, 2025

Savol :

Ustoz, ayolim homilador bo‘lganida homilasiga zarar yetadi degan sabab bilan ro‘za tuttirmadik. Bola tug‘ilganida esa uni emizish uchun yana ro‘zalarini qoldirishga to‘g‘ri keladi. Bolajon o‘zbek xalqida kelinlarning har ikki yilda homilador bo‘lib, shu holat takrorlanishi ko‘p uchraydi. Yuqoridan qaraganda, ro‘za tutishlari uchun fursat yo‘qdek. Bu o‘rinda qanday yechim tutiladi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Imkon bo‘lishiga qarab, asta-sekinlik bilan ro‘zasining qazosini o‘tab beradi.

Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Agar ularni o‘ziga ham, bolasiga ham hech qanday xavf bo‘lmasa, aslida ro‘za tutishlari kerak. Ular uchun uzur yo‘q, lekin agar ro‘za tutish orqali o‘ziga yoki bolasiga zarar yetadigan bo‘lsa, unda ulamolarda ruxsat berganlar, ro‘za tutmasligi joiz. Faqat qazosini tutib bera olishlari kerak. Bu masalada ixtilof bor. Haqiqatan ham savolda kelgandek, ba’zi ayollar 1 yil Ramazonda homilador bo‘lib, keyingi yil emizayotgan paytga to‘g‘ri keladi, keyingi yili yana homilador bo‘lishi mumkin. Bu holat davom etib, ularda ancha yillargi ro‘za yig‘ib qolishi mumkin. Shunda ro‘zaning qazosini butunlay tutish kerakmi yoki yo‘qmi degan savol yuzaga keladi. Aksariyat ulamolar, mazhablariga ko‘ra, qazosini tutish kerak deyishadi.

Ba’zi ulamolar, sahobalardan Ibn Abbos va Ibn Umar (roziyallohu anhuma)dan naql qilingan hadisda, ro‘za tutish shart emas, qazosini tutish shart emas degan so‘zlar naql qilingan. Lekin aksariyat ulamolar qazosini tutib berish kerakligini aytishadi. Buni kasal bilan qiyoslashadi. Alloh taolo aytadi: “Sizlardan kim kasal bo‘lsa yoki safarda bo‘lsa, boshqa kunlarda qazosini tutib beradi.” Ular ham kasallik hukmida, homilador va emizikli ayollar ham kasal holatida. Kasal kishi qanday qilib qazosini tutib bersa, ular ham shunday tutib beradilar.

Shofeiy, Hanbali imomlarining mazhabidagi ulamolar esa, har kunlik qazosining o‘rniga bir miskinni to‘yg’izishlarini tavsiya qilganlar. Bu faqat ro’zasini bolasi uchun ochgan bo‘lsa. Ammo o‘zi tutaman desa, ro‘za tutish mumkin, xavf bolaga tegmaslik sharti bilan. Ya’ni, sababi o‘ziga tegishli emas, balki tashqaridan boshqa shaxsga taalluqlidir. Shuning uchun ham qazosini tutadi, ham har bir kuniga bir kunlik miskinni to‘yizlaydi.

Lekin vallohu a’lam, bu masalada kafforat berish shart emas. Hanafiya ulamolari, qazosini tutib berish kifoya qilishini aytishadi. O’zini qiynamagan holda, agar bolasini emizishdan to‘xtasa, homilador bo‘lmagan vaqtlarida, masalan, kun qisqa bo‘lsa, ro‘zalarni asta-sekin hisoblab tutib bera boshlaydi. Masalan, necha yil tutolmagan bo‘lsa, har yiliga 29-30 kundan hisoblab tutib beradi.

Uzrli bo‘lgan holatda ham, baribir, qazosini tutib berishi kerak edi. Hayz ko‘rgan vaqtida ayol namozning qazosini o‘ta olmaydi, lekin ro‘zaning qazosini tutadi. Shuning uchun, har yili 30 kun bo‘lsa, 30 kun, 29 kunlik bo‘lsa, 29 kun ro‘zani o‘tashi kerak, uni yozib yozib boradi. Ketma-ket qazosini o’tashi shart emas. Imkoniyatga qarab, bir kun tutib, bir kun dam olib, ikki kun tutib, yana 3-4 kun dam olib va hokazo, asta-sekin tutib beradi.

Agar tutolmay vafot etib ketsa, inshaAlloh, gunohkor bo‘lmaydi. Agar biror kamchilikka yo‘l qo‘yilmagan bo‘lsa, uzoq vaqtga kechiktirilmagan bo‘lsa, gunohkor bo‘lib vafot etadi demaymiz.
InshaAlloh, faqat qo‘lidan kelgancha, imkon boricha harakat qilish kerak.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Sotilgan yer davlat tomonidan olib qo‘yilsa.

    April 19, 2025
  • Ehrom yangi, ya’ni ilgari kiyilmagan bo‘lishi kerakmi

    April 12, 2025
  • Shifokor adashib boshqa tishni olib tashlasa, bu holatda nima qilish kerak?

    April 11, 2025
  • Etikof qachon ado etiladi?

    March 19, 2025
  • Ramazonda tishni davolash hukmi.

    March 8, 2025
  • Hijoma ro’zani buzadimi?

    March 6, 2025