Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Zakot >Zakotni boshqa chet davlatga yetkazish jarayonida uning bir qismi yo‘l xarajatlariga sarflansa, zakot to‘liq hisoblanadimi yoki faqat muhtojlarga yetib borgan qismi zakot bo‘ladimi?

Zakotni boshqa chet davlatga yetkazish jarayonida uning bir qismi yo‘l xarajatlariga sarflansa, zakot to‘liq hisoblanadimi yoki faqat muhtojlarga yetib borgan qismi zakot bo‘ladimi?

Nashr sanasi: February 12, 2025

Savol :

Ustoz, G‘azo ahli ochlik va qiyinchilik ichida azob chekmoqda. Nafaqat musulmonlar, balki qalbida insoniylik hissi bor har bir kishi ularga qo‘ldan kelgancha yordam berishni istaydi. G‘azo ahliga pul jo‘natish qiyin, hatto imkon bo‘lsa ham, ular hozir puldan ko‘ra dori-darmon, suv, kiyim va oziq-ovqatga ko‘proq muhtoj. Shu sababli, bu yil ko‘pchilik zakotlarini G‘azo ahliga qaratmoqchi. Masalan, kimdir zakotini G‘azodagi faqir va miskinlar uchun ajratib, pulni yordam yetkazuvchi kishilarga topshirdi. Ular esa bu pul bilan zarur narsalarni sotib oladi va yo‘l xarajatlariga sarflaydi. Savol: Agar 10,000 dollar zakot bergan bo‘lsa va shundan 1,000 dollari yo‘l xarajatlari uchun sarflansa, uning zakoti 9,000 dollar hisoblanadimi yoki to‘liq 10,000 dollar berilgan deb hisoblanadimi?







Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Zakot haqdorlarga to‘liq yetib borishi kerak, yo‘l yoki xizmat xarajatlari zakot pulidan emas, beruvchining o‘z hisobidan bo‘lishi lozim.

Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Alloh Taolo G‘azo ahli va boshqa mazlum musulmonlarga nusrat va najot bersin. G‘azo ahli hozir zakotga eng haqli kishilardandir, chunki ularning ochlik va azobdan halok bo‘layotgani hammaga ayon.

Asosiy masala – zakot haqdorlarga yetib boryaptimi yoki yo‘qmi? Chunki zakot egasiga yetib borsagina, inson zimmasidan soqit bo‘ladi. Hozir ko‘plab yordam yuklari yetkazilmayotgani, to‘xtatib qo‘yilgani yoki dushmanlar tomonidan yo‘q qilinayotgani ma’lum.

Shuning uchun, agar kimdir zakoti haqdorlarga aniq yetib borishiga kafolat bera olsa, unga berish joiz. Lekin agar zakotning yetib borishi gumon ostida bo‘lsa, eng to‘g‘ri yo‘l – uni haqdorlarga yetib borishi kafolatlangan joyga berishdir.

Ulamolar bu borada ixtilof qilishgan:

  • Ba’zilar, zakot chiqarsang, yetib bormasa ham zimma soqit bo‘ladi, deyishgan.
  • Hanafiy va Hanbaliy mazhablari esa zakot egasiga yetib borishi shart, aks holda uni qayta chiqarish lozim, deb hisoblashadi.

Shuningdek, zakot haqdorlarga to‘liq yetib borishi kerak, yo‘l yoki xizmat xarajatlari zakot pulidan emas, beruvchining o‘z hisobidan bo‘lishi lozim. Agar 10,000 dollar zakot bersa va 1,000 dollari yo‘l xarajatiga ketsa, u faqat 9,000 dollar zakot bergan hisoblanadi. Shuning uchun xizmat haqi yoki transport xarajatlari alohida qoplanishi kerak.

Vallohu A’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Zakot berish shakli

    April 13, 2025
  • Uy sotib olish uchun bir necha yil zakot to‘plash hukmi

    March 4, 2025
  • O‘g‘li uchun yer sotib olib, qo‘lida mablag‘ qolmagani sababli o‘zini zakotga haqli deb da’vo qilayotgan kishiga zakot olish halolmi?

    February 11, 2025
  • Otasi zakotga haqli bo‘lmagan tolibi ilmlarga zakot berishning hukmi.

    February 6, 2025
  • Biznesga tikilgan puldan qanday zakot beriladi?

    February 6, 2025
  • Chorva hayvonlarning yem-xashaklaridan zakot chiqarish hukmi.

    February 5, 2025