Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Zakot >Zakot pulidan yo‘l xarajatlarini to‘lash joizmi?

Zakot pulidan yo‘l xarajatlarini to‘lash joizmi?

Nashr sanasi: January 20, 2025

Savol :

Ustoz, o‘tgan yilgi zakotimizdan uzoqroq joyga $1000 bergan edik. U pul yo‘l xarajatlari sababli zakot oluvchi kishiga 870 dollar bo‘lib borgan. Sizning zakot to‘g‘risidagi javobingizda yo‘l xarajatlarini zakot beruvchi kishi qoplashi kerak deyilgan edi. Bu holatda biz o‘tgan yilgi zakotimizni qaytadan to‘liq to‘laymizmi yoki yo‘lga sarflangan mablag‘ni qoplash kifoyami?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Qaytadan $1000 chiqarish kerak deyilmaydi. To‘ldirib qo‘yish yetarli bo‘ladi va shuning o‘zi kifoya qiladi.

Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Kimdir zakotini boshqa o‘lkadagilarga chiqargan bo‘lsa va bu zakot puli to‘liq yetib bormasdan yo‘l xarajatiga qanchadir miqdori ketgan bo‘lib, zakot oluvchiga, ya’ni zakotga haqli bo‘lgan kishiga kamroq bo‘lib yetib borgani aniqlangan bo‘lsa, bu holatda egasi qaytadan zakot chiqarishi shart emas. Masalan, chiqarilgan $1000 zakot 870 dollar bo‘lib yetib borgan bo‘lsa, qolgan 130 dollarning chiqarib qo‘yilishi kifoya qiladi. Qaytadan $1000 chiqarish kerak deyilmaydi. To‘ldirib qo‘yish yetarli bo‘ladi va shuning o‘zi kifoya qiladi.

Vallohu A’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Sotish niyati aniq bo‘lmagan uydan zakot to‘lash kerakmi?

    May 15, 2025
  • Zakot berish tartibi

    April 29, 2025
  • Zakot olish shartlari

    April 22, 2025
  • Zakot berish shakli

    April 13, 2025
  • Uy sotib olish uchun bir necha yil zakot to‘plash hukmi

    March 4, 2025
  • Zakotni boshqa chet davlatga yetkazish jarayonida uning bir qismi yo‘l xarajatlariga sarflansa, zakot to‘liq hisoblanadimi yoki faqat muhtojlarga yetib borgan qismi zakot bo‘ladimi?

    February 12, 2025