Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Zakot >Zakot olish shartlari

Zakot olish shartlari

Nashr sanasi: April 22, 2025

Savol :

Bir odam bir qancha odamdan zakot pullarini olsa bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Zakot — bu beva-bechoralar, miskinlar, faqirlar va Alloh yo‘lida ishlatilishi kerak bo‘lgan joylar uchun mo‘ljallangan haqlardir. Bir qancha odam zakotini yig‘ib, bitta odamga yoki bitta odam ham 10 ta yoki 100 ta muhtojga zakot bera oladi. Muhimi — ehtiyoj va haqlik holatiga qarab harakat qilinadi. Vallohu a’lam.

Bu holat odamning ehtiyojiga qarab bo‘ladi. Agar ehtiyoji katta bo‘lsa, u bitta odamdan ham, ikkita odamdan ham zakot olsa bo‘ladi. Chunki ehtiyoj hali to‘liq qoplanmagan bo‘lishi mumkin. Agar u inson zakot olishga loyiq bo‘lsa, unda bir nechta odamdan zakot olishi joiz bo‘ladi.

Lekin bu holat tilanchilik yoki tamagirlik darajasiga tushib qolmasligi kerak. Ya’ni har tomondan pul yig‘ib yurishi, aslida unga kerak bo‘lmasa yoki haddan tashqari ko‘p yig‘sa — bu to‘g‘ri emas.

Zakot — bu beva-bechoralar, miskinlar, faqirlar va Alloh yo‘lida ishlatilishi kerak bo‘lgan joylar uchun mo‘ljallangan haqlardir.

Shuning uchun holatga qarab baho berish kerak: bitta odam zakot olsa bo‘ladimi yoki ko‘pchilikdan olsa bo‘ladimi — bu savolga “faqat bittadan oladi” yoki “ko‘pdan ololmaydi” deb qat’iy javob berilmaydi.

Masalan, bir odam operatsiya qilinishi kerak bo‘lgan kasal bo‘lsa, va u uchun 10 ming so‘m kerak bo‘lsa, men unga 1000 so‘m zakot bera olaman. Qolganini esa boshqa odamlardan yig‘iladi. Kimdir 2000 beradi, boshqasi 3000 — shunday qilib jami 10 ming yig‘iladi va ehtiyoj qoplanadi.

Ya’ni bir qancha odam zakotini yig‘ib, bitta odamning ehtiyojini yopishi mumkin. Shuningdek, bitta odam ham 10 ta yoki 100 ta muhtojga zakot bera oladi. Muhimi — ehtiyoj va haqlik holatiga qarab harakat qilinadi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Sotish niyati aniq bo‘lmagan uydan zakot to‘lash kerakmi?

    May 15, 2025
  • Zakot berish tartibi

    April 29, 2025
  • Zakot berish shakli

    April 13, 2025
  • Uy sotib olish uchun bir necha yil zakot to‘plash hukmi

    March 4, 2025
  • Zakotni boshqa chet davlatga yetkazish jarayonida uning bir qismi yo‘l xarajatlariga sarflansa, zakot to‘liq hisoblanadimi yoki faqat muhtojlarga yetib borgan qismi zakot bo‘ladimi?

    February 12, 2025
  • O‘g‘li uchun yer sotib olib, qo‘lida mablag‘ qolmagani sababli o‘zini zakotga haqli deb da’vo qilayotgan kishiga zakot olish halolmi?

    February 11, 2025